Orsk — Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyatidagi shahar (1865-yildan). Janubiy Uralda, Oʻr daryosining Ural daryosiga quyilish joyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 185 ming kishi. "Yujnouralnikel" kombinati, Janubiy Ural mashinasozlik, traktor pritseplari zavodlari, rangli metallurgiya, neft kimyosi, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari bor. Pedagogika instituti, oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi.
Shahar 1735-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan janubiy yerlarni egallash maqsadida qalʼa sifatida qurilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Jugʻrofiy joylashuvi
Shahar Ural togʻlarining janubiy etaklarida, Or daryosining Ural daryosiga quyilish qismida joylashgan. Ural daryosi shaharni ikki qismga: Yevropa (Yangi shahar) va Osiyo (Eski shahar) ga ajratib turadi.
Iqlimi
Orsk shahrining iqlimi keskin kontinental boʻlib, qish mavsumi sovuq, yoz esa issiq boʻladi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 322 mm ni tashkil qiladi.
Manbalar
Turkum:Transkontinental shaharlar