300px|right|thumb|Oqtoʻba shahri Oqtoʻba shahri () — Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻba viloyatidagi shahar, viloyat markaziUkaz Prezidenta Respubliki Kazaxstan „O pereimenovanii otdelnix administrativno-territorialnix edinits Jambilskoy i Severo-Kazaxstanskoy oblastey i ob izmenenii transkripsii nazvaniya goroda Aktyubinska“. Respublikaning shimoli-garbida, Ilek daryosining (Ural tarmogʻi) chap sohilida, Orenburg — Toshkent temir yoʻl yoqasida joylashgan. Avtomobil va havo yoʻllarining muhim tuguni. Shahar 1869-yilda Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1891-yildan shahar. Rossiyaning Orenburg viloyati bilan, Qozogʻistonning Gʻarbiy Qozogʻiston, Atirau, Qoʻstanoy, Qiziloʻrda va Mangʻistov viloyatlari bilan chegaradosh. Oqtoʻba viloyatining markazi. Shaharda 300 mingdan ziyod aholi istiqomat qilishadi. Shaharda 3 oliy oʻquv yurti, teatr, 2 muzey mavjud.

Aholisi Shahar aholisi koʻp millatli hizoblanadi. Shaharda 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 367,220 kishi istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibi quyidagicha: qozoqlar — 68,72 % ruslar — 19,58 % ukrainlar — 5,69 % tatarlar — 2,21 % olmonlar — 0,92 % beloruslar — 0,35 % koreyslar — 0,34 % moldavanlar — 0,26 % ozarbayjonlar — 0,23 % chechenlar — 0,20 % oʻzbeklar — 0,15 % bulg'orlar — 0,14 % boshqirdlar — 0,14 % armanlar — 0,12 %

Tarixi Shahar 1869-yil 28-mayda Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. Shaharning qurulishi boshlanishini Peterburgning „Birjeviye vedomosti“ gazetasi bunday yozadi: „… Oqtoʻba qamaliga Yelek daryosining chap tarafida Yelek himoyasidan 180 verst, Orenburg-Qazali karvon yoʻliga yaqin, Qargʻali daryosining tarmogʻidagi Ilinka stansiyasidan 170 verst uzoqlikda yer tanlab olindi. Qurulish hozirning oʻzida boshlanib ketdi, Yelek uezd boshqarmasini kuzgacha koʻchirish koʻzlanmoqda“Bolshaya Rossiyskaya ensiklopediya: V 30 t. / Predsedatel nauch.-red. soveta Yu. S. Osipov. Otv. red S. L. Kraves. T. 1. A — Anketirovanie. — M.: Bolshaya Rossiyskaya ensiklopediya, 2005. — 766 s.: il.: kart..

Oqtoʻbani rivojlantirishning bosh rejasi 1881-yili qabul qilindi.

1880-yil Oqtoʻba ilk marotaba aholi sanogʻi oʻtkazildi, aholi soni 409 kishini tashkil qildi. Ular 38 uyda yashashdi va uning 5 uyi daraxtdan, 33 uyi somon gʻishtdan qurulgan edi.

Oqtoʻbada birinchi maktab 1884-yil barpo etilddi. Birinchi „Triumf“ sinematogrofi 1910-yildan boshlab faoliyat yuritdi.

1901-yili birinchi marta Toshkent va Orenburgni Oqtoʻba orqali bogʻlovchi temir yoʻl qurulishi boshlandi.

Sanoati Qozogʻistonning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Ferroqotishma va xrom birikmalari zavodlari, mashinasozlik (rentgen apparatlari va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodlari), yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht va sut kombinatlari, tegirmon, elevator, trikotaj, mebel va tikuvchilik fabrikalari), „Aktyubinskkimyoplastmass“ ishlab chiqarish birlashmasi bor. Qurilish materiallari ham ishlab chiqariladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Galeriya

Manbalar

Havolalar Ofitsialniy sayt Elektronnogo akimata goroda Aktobe Karta Aktobe

Turkum:Qozogʻiston shaharlari