Nusrat Agʻzamovich Parpiyev (1931-yil 14-sentyabr, Toshkent — 2021-yil 27-iyul) — sovet va oʻzbek kimyogari, Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.
Biografiyasi 1953-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetini, 1956-yilda Moskva davlat universitetida aspiranturasini tamomlagan. Kimyo fanlari nomzodi (1958-yil), kimyo fanlari doktori (1974-yil). Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori. Oʻzbekiston Milliy universiteti professori. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995-yil) lavozimlarida ishlagan.
Ilmiy faoliyati Noorganik kimyo bilan shugʻullangan, Oʻzbekistonda „Kompleks birikmalar kimyosi“ ilmiy maktabining asoschisi hisoblanadi. Rangli va nodir metallar va organik moddalar asosidagi kompleks birikmalarni oʻrgangan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:27-iyulda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1931-yilda tugʻilganlar Turkum:14-sentyabrda tugʻilganlar