Pretor (lotincha: praetor — oldinda boruvchi) — Qad. Rimda dastlab oliy mansabdor shaxs, soʻngra miloddan avvalgi 367 yildan (yoki 366 dan) konsulning kichik hamkasabasi. Miloddan avvalgi 242 yildan ikki P. saylangan: biri Rim fuqarolari oʻrtasida sudlov ishlarni olib borgan, boshqasi esa — fuqarolar bilan oʻzga yurtliklar (xorijiylar) oʻrtasidagi nizoli masalalarni koʻrgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar