Mansur Temirovich Ravshanov (1937-yil 7-aprel, Qarshi, OʻzSSR – 2025-yil 11-aprel) – aktyor, rejissor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983).
Hayoti Mansur Ravshanov 1937-yil 7-aprelda Qarshida tugʻilgan. 1961-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1963-1974-yillarda Surxondaryo teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissor, bosh rejissor faoliyatini olib borgan. 1974–1975-yillar Qashqadaryo teatrida bosh rejissor „Alpomish“ (S. Abdulla; T. Jalilov), „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“, „Jononga bordim bir kecha“ (Hamza), „Alisher Navoiy“ (I. Sulton, Uygʻun), „Parvona“ (Uygʻun), „Nurxon“ (Komil Yashin), „Ajab savdolar“ (H. Gʻulom; Manas Leviyev), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (S. Ahmad), „Oʻz arizasiga koʻra“ (Oʻlmas Umarbekov), „Makr va muhabbat“ (Friedrich Shiller), „Momo yer“, „Oq kema“ (Ch. Aytmatov), „Kelin va kuyov“ (M. Bayjiyev), „Amir Temur va Yildirim Boyazid“ (K. Abdunabiyev), „Alpomishning qaytishi“ (U. Azim) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.
Mansur Ravshanov 2025-yil 11-aprelda 88 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:4-iyulda tugʻilganlar Turkum:Qarshida tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha rejissyorlar