Theodore William Richards () [1868.31.1., Jermantaun (Pensilvaniya shtati) — 1928-yil, 4-fevral] — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1899-yildan) Amerika kimyo jamiyati prezidenta (1914). Amerika sanʼat va fan akademiyasi prezidenta (1919—21), Garvard universitetini tugatgan, falsafa doktori (1888), professor (1901-yildan). Ilmiy tadqiqotlari kimyoviy elementlarning atom massasini aniqlashga oid. Maxsus qurilma yasagan va oʻzi ishlab chiqqan usuli yordamida 25 ta kimyoviy elementning atom massasini katta aniklikda oʻlchagan. Tarkibida uran boʻlgan turli minerallardagi radiogen qoʻrgʻoshinning atom massasini oʻlchab qoʻrgʻoshinning izotoplari mavjudligini isbotlagan (1914). Nobel mukofoti laureati (1914)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil>Nobel mukofoti sovrindorlari
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1868-yilda tugʻilganlar Turkum:31-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1928-yilda vafot etganlar Turkum:2-aprelda vafot etganlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari