Edvard Vasilyevich Rtveladze (1942-yil 14-may, SSSR, Gruziya SSR, Borjomi — 2022-yil 10-fevral, Oʻzbekiston Toshkent) — arxeolog, tarixchi olimhttps://daryo.uz/2022/02/11/akademik-edvard-rtveladze-80-yoshida-vafot-etdi/. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992). Taʼlim Toshkent davlat universitetini tugatgan (1967). Faoloyati 1967-yildan Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyoning qadimiy va oʻrta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, sanʼati, madaniyati tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi. Koʻpgina arxeologik yodgorliklarni ochgan va tekshirgan. Edvard Rtveladze rahbarligida Toxariston ekspeditsiyasi tomonidan Kampirtepada olib borilgan qazishlar natijasida arxeologik amaliyotda birinchi marta Kushonlar davriga oid qadimiy shahar xarobasi toʻliq ochilganligi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Edvard Rtveladze rahbarligi ostida shaharlar va taniqli davlat arboblari yubileylariga bagʻishlangan kollektiv monografiyalar, shu jumladan, Amir Temur jahon tarixida, Xiva — ming gumbazli shahar, Shahrisabz, Termiz, Jaloliddin Manguberdi va boshqalar tayyorlangan. Mukofatlari Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureata (1985); Buyuk xizmatlari uchun (2001); Mehnat shuhrati (2003); El-yurt hurmati ordenlari; Gruziyaning Girsebis („Ritsarlik sharafi“) (2001)OʻzME* Srednevekovie pamyatniki Surxandari (v soavtorstve), T., 1983;. 2026-yil 28-mayda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Adabiyotlar V strane zolotogo ognya (v soavtorstve), T., 1985; Pamyatniki minuvshix vekov (v soavtorstve), T., 1986; Drevnie moneti Sredney Azii, T., 1987; Severnaya Baktriya — Toxaristan. Ocherki istorii i kulturi (v soavtorstve), T., 1990; Velikiy shyolkoviy put, T., 1999; Qadimgi Oʻzbekiston sivilizatsiyasi; davlatchilik va huquqtarixidan lavhalar (hamkorlikda), T., 2001; Drevnie i rannesrednevekovie moneti istoriko-kulturnix oblastey Uzbekistana, T., 2003.

Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:Arxeologlar

Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari