John William Strutt () (1842-yil, 11-dekabr, Lengford Grov — 1919.30.6, Tirling Pleys) — ingliz fizigi, tebranish nazariyasi asoschilaridan biri; London Qirollik jamiyati aʼzosi (1873-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1865), J.K. Maksvell oʻlimidan keyin shu universitet professor (1879-yildan) va Kembrij universiteti krshidagi Kavendish laboratoriya direktori. Britaniya Qirollik instituti professor (1887-yildan).
Ilmiy ishlari akustika, tebranish nazariyasi, optika, elektr va fizikaning boshqa sohalariga oid. U guruhdi va fazaviy tezliklar farqini tushuntirib berdi va guruqli tezlik formulasi (Reley formulasi)ni yaratdi. R. mutlaq qora jism nurlanishining qonunlaridan biri — shu jism nurlanish spektrida energiya taqsimotining traga bogʻlikligini ifodalaydigan qonun (Reley — Jins nurlanish qonuni)ni ishlab chiqdi (1900), bu qonun kvant nazariyaning yaratilishida muhim oʻrin egalladi. R. yorugʻlik sochilishining molekulyar nazariyasiga asos soldi. U U. Ramzay bilan birga argonni kashf etdi (1894). Nobel mukofoti laureati (1904)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Fizika Turkum:1842-yilda tugʻilganlar Turkum:12-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1919-yilda vafot etganlar Turkum:30-iyunda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari