Eliel Saarinen (1873.20.8, Rantasalmi, Finlandiya — 1950.30.6, BlumfildXils, AQSH) — fin meʼmori. Gelsingfors (Xelsinki)da oʻqigan (1893—97); universitetda rassomlik, Politexnika institutida meʼmorlikni oʻrgangan. Fin meʼmorligida „milliy romantizm“ uslubining asoschisi (Xelsinkidagi Milliy muzey, 1906—1909, Laxtidagi ratusha, 1912), 1923-yildan AQShda ishlagan (oʻgʻli Ero Saarinen bilan). Asosiy loyihalari: Parijdagi Xalqaro koʻrgazma paviloni (1900, hamkorlikda), maktab, muzey va BlumfildXilsdagi Badiiyot akadimyasi (1926— 43), Uorren (Michigan shtati)dagi „Jeneral motore“ kompaniyasi texnik markazining loyihasi (1948—56) va boshqa OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar