Salamanka — Ispaniyaning markaziy qismidagi shahar, KastiliyaLeon muxtor viloyatida, Termes daryosi sohilida. Salamanka provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 349,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnteri sanoati korxonalari, 2 universitet (qarang: Salamanka universiteti) bor. Shahar mil. av. V asrdan maʼlum. S. karfagenliklar (mil. av. III asr), rimliklar (mil. av. II asr), arablar (VIII—XI asrlar) qoʻl ostida boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 12— XVIII asrlarga oid sobor, universitet binosi va boshqa saqlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Ispaniya shaharlari