Oqil Umrzoqovich Salimov (1928-yil 24-dekabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — texnika sohasidagi olim, davlat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi Fanlari Akademiyasi akademik (1990), texnika fanlari doktori (1978), professor (1978).
Mehnat faoliyati Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan (1950), Moskva avtomobil zavodi (ZIL) da muhandis-texnolog (1950—53). Toshkent universitetida assistent, dotsent, kafedra mudiri, dekan, prorektor (1953— 65), rektor (1992—94). Oʻzbekiston KP Markaziy Komiteti fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri oʻrinbosari, mudiri (1966—70), MK kotibi (1971 — 84), Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1984—87), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida rektor (1987—92), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1994—98). Ilmiy ishlari avtomobilsozlikka doir. S. tadqiqotlari avtomobil dvigatelining quvvatini oshirib borish, yuqori foydalanish koeffitsiyentiga ega boʻlgan yangi generatorni ishlab chiqish, mashina detallarining koʻp yilga chidamliligini oshirish va boshqalarda muhim rol oʻynadi. Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini rivojlantirishga taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga malakali kadrlar yetishtirishga S. muayyan qissa qoʻshdi. S. „Doʻstlik“ (1996), „El-yurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Havolalar Gazeta
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari Turkum:Ittifoq Kengashining Namangan viloyatidan saylangan deputatlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbekistonda paxta ishi Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar