Tosh chorshanba oʻgʻli (1909 Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Kunchiqar qishlogʻi – 1967) – dostonchi. Togʻasi va amakisi baxshi oʻtgan. Ulardan dostonchilik sirlarini oʻrgangan. Repertuarida 20 dan ortiq oʻzbek xalq dostoni boʻlib, ulardan „Alpomish“, „Goʻroʻgʻlining tugʻilishi“, „Avazxon“, „Nurali“, „Kelinoy“ kabi dostonlar, koʻpgina terma, ertak, maqol, topishmoqlar yozib olingan. Tosh chorshanba oʻgʻli 1960-yilda jahon sharqshunoslarining Moskva kongressida ishtirok etib, „Alpomish“ dostonidan parchalar kuylab bergan.

Turkum:Shahrisabz tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik dostonchilar