„Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti — Oʻzbekistondagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufida. Institut 1934-yilda Oʻrta Osiyo irrigatsiya injenerlari va texniklari instituti hamda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti asosida tashkil etilgan. 2004-yilning mart oyigacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi qarori bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil taʼminlash maqsadida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.
Institutda: Gidromelioratsiya; Gidrotexnika qurilishi, Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash; Iqtisodiyot; Energetika, Yerdan resurslari va kadastr fakultetlari, Ekologiya va huquq hamda magistratura va sirtqi boʻlim bor, ularda suv xoʻjaligi va melioratsiya; suv xoʻjaligi inshootlari; ekologiya va atrof muhit muhofazasi; suv resurslari va ularni boshqarish; suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash; suv xoʻjaligida avtomatlashtirish va telemexanika; kasb taʼlimi; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi va audit; menejment; yer tuzish va yer kadastri kabi yoʻnalishlar boʻyicha 40 ta mutaxasislik hamda magistratura boʻlimida 32 ta mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida maydoni 1609 ga boʻlgan oʻquv tajriba xoʻjaligiga ega. 2003/04-oʻquv yilida institutda 5 mingdan ortiq talaba oʻqidi. 30 dan ziyod kafedralarda 500 ga yaqin professor oʻqituvchilar, shu jumladan 41 fan doktori professorlar 200 ga yaqin fan nomzodi va dotsentlar ishladi. Shuningdek, institut tarkibida oʻquv, oʻquv-uslubiy, malaka oshirish, xalqaro aloqalar, ilmiy tadqiqot, nashriyot, aspirantura va doktorantura boʻlimlari, kutubxona (630 ming asar) bor. Institut huzurida Buyuk Britaniyaning London shahridagi Instituternational House London litseyi taʼsischi boʻlgan iqtisodiyot va xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha Instituternational House Tashkent va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi akademik litseylar faoliyat koʻrsatadi. Institutda A.N.Askochenskiy, Y.A.Zamarin, Yanishevskiy, T.N.Qori-Niyoziy kabi yirik olimlar ishlagan. Professorlar Sh.U.Yoʻldoshev, A.A.Rachinskiy, E.F.Fayziboyev, Sh.Murodov, T.S.Xudoyberdiyev va boshqa olimlar faoliyat koʻrsatmoqdalar. Institut tashkil etilgandan buyon xalq xoʻjaligi tarmoqlari uchun 52 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi. Institut huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Institut bir necha nufuzli oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari AQShning Vashington, Ayova, Niderlandiyaning Vageningen, Buyuk Britaniyaning Lisfasi, Germaniyaning Gamburg universitetlari bilan ilmiy aloqa oʻrnatgan va talabalar, professor oʻqituvchilar almashinish, ilmiy-tadqiqot grantlari olish yoʻlga qoʻyilgan.
Bakalavriat yoʻnalishlari "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari(kunduzgi ta’lim) ShifrTa’lim yo‘nalishlari nomi60112400Professional ta’lim: qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish60112400Professional ta’lim: yer kadastri va yer tuzish60230100Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili60310100Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)60410100Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)60410800Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)60420100Yurisprudensiya: transchegaraviy suv munosabatlari60420100Yurisprudensiya: yer munosabatlari60530800Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi)60531000Mexanika va matematik modellashtirish60610600Dasturiy injiniring60610700Sun’iy intellekt60710400Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)60710600Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)60710800Gidroenergetika60711000Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)60711300Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)60711400Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)60711500Mexatronika va robototexnika60713300Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish (faoliyat turlari bo‘yicha)60720600Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)60722600Geodeziya va geoinformatika60722700Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar60722800Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)60722900Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlari bo‘yicha)60730900Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)60810100Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish60810300Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis60810400Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash60811300Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)60812300Suv xo‘jaligi va melioratsiya60812400Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish60812500Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish60812600Meliorativ gidrogeologiya60812900Suv ta’minoti muhandislik tizimlari60813000Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish60813100Er kadastri va yer tuzish61010400Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)61020200Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)
Fakultetlar va kafedralar Gidromeloratsiya fakulteti Gidravlika va gidroinformatika Gidrologiya va gidrogeologiya Irrigatsiya va melioratsiya Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish Fizika va kimyo Professional ta’lim Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash Hayot faoliyati xavfsizligi Ekologik geoaxborot markazi
Gidrotexnika qurilishi fakulteti Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi Mexanika va kompyuterli modellashtirish Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi
Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari Traktorlar va avtomobillar Muhandislik tizimlarni boshqarish Umumtexnik fanlar
Ekologiya va huquq fakulteti Ekologiya va suv resurslarini boshqarish Gumanitar fanlar O‘qitish nazariyasi va metodikasi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
Energetika fakulteti
Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish Elektrotexnika va mexatronika Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi
Yer resurslari va kadastr fakulteti
Yer resurslarini boshqarish Geodeziya va geoinformatika Davlat kadastrlari Tuproqshunoslik va dehqonchilik Oliy matematika
Iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot Buxgalteriya hisobi va audit O‘zbek tili va adabiyoti Axborot texnologiyalari Ingliz tili
Mashhur bitiruvchilari
Shavkat Mirziyoyev Rahmon Nabiyev Mirzayev Mahmud Mirzayevich Viktor Malyasov Shukrulla Yoʻldoshev Sattorxon Ibodullayev Oʻlmas Saidjonov Saʼdulla Iskandarov