Istaravshan (; ) — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati Oʻratepa tumanidagi shahar (2002-yilgacha Oʻratepa shahri), tuman markazi. Turkiston tizmasining shimoliy etagida, 1000 m balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xovos (45 km). Iyul oyining oʻrtacha harorati 25°, yanvarniki — 2°. Yillik yogʻin 368 mm. Istaravshandan viloyat markazi Xoʻjand shahrigacha 73 km. Shahar markazidan Dushanba — Xoʻjand avtomagistrali (Shaxriston va Anzob dovonlari orqali) oʻtadi. Aholisi 57,4 ming kishi (2013).
Tarixi O‘ra-tepa Tojikistonning qadimgi shaharlaridan biridir. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, shaharning bunyod etilishi miloddan avvalgi VIII-VI asrga toʻgʻri keladi. O‘ra-tepa oʻrta asrlarda (5—9 asrlar) Oʻrta Osiyodagi Ustrushona tarixiy-geofafik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi bilan Sangzordaryo oraligʻidagi hududni oʻz ichiga olgan (hozirgi Tojikistonning shimoli-gʻarbiy qismi va Oʻzbekistonning Jizzax, Sirdaryo viloyatlari). O‘ra-tepaning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Miloddan avvalgi VI asrning 30-yillarida qadimgi O‘ra-tepa hududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II oʻz davlatining shimoli-sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi boʻylab 7 ta chegara qalʼasi qurdirgan. Keyinchalik, miloddan avvalgi IV asrda Aleksandr bu qalʼalarni qiyinchilik bilan zabt etgan, ayniqsa, Kiropol kattik, qarshilik koʻrsatgan. Milodiy V asr oxiri — VII asrda O‘ra-tepa hududi eftaliylar va Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda O‘ra-tepani mahalliy shohlar — afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida O‘ra-tepa mustaqilligini uzoq vaqt saqlab qolgan va faqat 822-yilga kelib uzil-kesil xalifalikka qoʻshib olingan. 893-yilgacha O‘ra-tepani xalifalik vassallari boʻlgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893-yildan Somoniylarga tobe boʻlgan. Oʻratepa nomi miloddan avvalgi VIII asrlardagi yunon va Xitoy solnomalarida, keyinchalik Boburning "Boburnoma" asarida (XVI asr) tilga olingan. XVIII asrda mustaqil hudud sifatida maʼlum edi. O‘ra-tepa hududi qoraxoniylar, g‘aznaviylar, somoniylar, mo‘g‘ullar, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, mang‘itlar boshchiligidagi Buxoro amirligi va minglar boshchiligidagiQoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1886-yil shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari egallagan«Элита Истаравшан» // Официальный сайт.
Shahar qadimdan Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashganligi bois hunarmandchilik va savdo markazi sifatida shuhrat qozongan. Keyingi yillarda Tojikiston Respublikasida o'tkazilayotgan tojiklashtirish siyosati tufayli O‘ra-tepa nomi Istaravshan nomiga o‘zgartirildi va O‘ra-tepa nomi hatto siyosiy xaritalardan ham butkul o‘chirildi.
Sanoati Istaravshanda sanoat korxonalari, meva va sabzavot konservalash, non, sut, gʻisht zavodlari, trikotaj fabrikasi mavjud. Shuningdek, shaharda savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Istaravshan yogʻoch, metallga oʻyib gul solish, sopolga gul solish va kashtachilikning qadimdan markazi.
Ijtimoiy soha Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, pedagogika va hunar-texnika bilim yurtlari, kutubxona, klub, xalq teatri, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Mehmonxonalar, kasalxona, tugʻruqxona va poliklinikalar aholiga xizmat koʻrsatadiВ Таджикистане в дупле чинары открылся этнографический музей // ИТАР-ТАСС, 13 марта 2011.
Meʼmoriy yodgorliklari Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkgumbaz (Abdullatif Sulton) masjidi va madrasasi (XVI—XVII asrlar), Bobotagʻo (XV asr oxiri), Abduqodir Jeloniy (Geloniy) (XV asr oxiri), Sari Mozor (XVI asr) hamda Chorgumbaz (XVIII asr) maqbaralari va boshqalar; XIX—XX asrlarda qurilgan sinchli naqshinkor binolar saqlangan.
Hamdoʻst shaharlar Krasnoyarsk, (2000) Контакты с иностранными городами Внешние связи — официальный сайт администрации города Красноярска
Pochta markalari
Adabiyot Muxtorov A., Ocherk istorii UraTyubinskogo vladeniya v 19v., Dushanbe, 1964;
Manbalar
Havolalar Истаравшан (Уротеппа) Элита Истаравшан Достопримечательности города Истаравшан
Turkum:Tojikiston shaharlari Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari