Fetishizm (;  – sehrli narsa, tumor) – gʻayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar – fetishlarga sigʻinish. Sigʻinish obyektlari, yaʼni fetishlar – tosh, tayoq, koʻzmunchoq, tumor yoki boshqa har qanday buyum boʻlishi mumkin. Fetishizm dinning qadimiy unsurlaridan biridir. Barcha ibtidoiy xalqlarda boʻlgan.