thumb|Pochta markalar Filateliya (frans. philatelie, — sevaman va ateleia — toʻlovdan ozod qilish) — aloqa toʻlovi belgilari (markalar, etiketkalar, shtempellar va boshqalar), shu belgilar tushirilgan xatjildlar va otkritkalarni oʻrganish va toʻplash bilan shugʻullanish. XIX asr 40-yillari oxirida vujudga kelgan. "Filateliya" terminini fransuz marka toʻplovchisi G.Erapen 1864-yil kiritgan. XIX asr 60-yillaridan boshlab Filateliyaga doir kataloglar, jur.lar nashr qilinadi, 70-yillaridan boshlab Filateliya ishqibozlari jamiyatlari tuzila boshladi. Filateliya ashyolari 3 yoʻnalishda: tarixiy, mavzuviy va xronologik yoʻnalishlarda toʻplanadi va oʻrganiladi. Oʻzbekiston Respublikasida filatelistlar jamiyat 2003-yilda tashkil qilingan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Filateliya · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.