Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ; ; ) — olimpiya harakatining oliy rahbarlik organi, hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro sport tashkiloti.

Tarixi 1894-yil Pierre de Coubertin tashabbusi bilan Olimpiada oʻyinlari oʻtkazishni boshqarib turish, bu oʻyinlarning ijtimoiy ahamiyati va obroʻsini koʻtarish, havaskorlik sportini rivojlantirishga va barcha mamlakatlar sportchilari oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlashga koʻmaklashish maqsadida tuzilgan.

Raxbariyat XOQ — doimiy ishlaydigan tashkilot, oʻz aʼzolarini turli mamlakatlardagi sport harakatining eng faol tashkilotchilari orasidan tanlab oladi. XOQ ijroiya qoʻmitasi prezident (8 yil muddatga saylanadi), uch vitse prezident va 5 nafar aʼzodan iborat. Olimpiada oʻyinlari xartiyasi — XOQning ustav hujjatidir. XOQ sessiyalari har yili oʻtkaziladi, olimpiada oʻyinlari boʻladigan yillarda — ikki marta: yozgi va qishki oʻyinlar vaqtida oʻtadi. Olimpiada oʻyinlari vaqtida XOQ musobaqalarni oʻtkazishga rahbarlik qilish huquqini xalqaro sport federatsiyalariga beradi.

Aʼzolari XOQ hozirgacha 200 dan ortiq milliy olimpiada qoʻmitalarini (shu jumladan, 1993-yil Oʻzbekiston milliy olimpiaya qoʻmitasini tan olgan. XOQ qarorgohi Lozanna (Shveysariya) shahrida joylashgan.

Manbalar

Turkum:Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Turkum:Olimpiada tashkilotlari