Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi — xalqaro kasaba uyushmalari markazi; 148 mamlakatdagi umumiy soni 157 mln. dan ortiq aʼzosi boʻlgan 226 milliy kasaba uyushma markazlarini birlashtiradi. 1949-yil dekabrda Londonsa Fapbiy Yevropa kasaba uyushmalarining Amerika mehnat federatsiyasi bilan birgalikda oʻtkazgan taʼsis sʼyezdila asos solingan. Oliy organi Kongress 4 yilda 1 marta chaqiriladi. Kongresslar oʻrtasida konfederatsiyaga Ijroiya qoʻmita rahbarlik qiladi, u 2 yilda bir marta chaqiriladi. Qarorgohi Bryussel (Belgiya) shahrida joylashgan. Shuningdek, Jeneva, NyuYork, Moskvada boʻlimlari va Rim, Venada doimiy vakillari borOʻzME. Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.