right|225px|thumb|Norman Haworth

Norman Haworth () (1883.19.3, Chorli — 1950.19.3, Birmingem) — ingliz organik kimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1928-yildan). Manchester universitetida (1911), Shotlandiyadagi Sent-Andrus universiteti kollejida ishlagan (1912-yildan professor). Nyukasldagi Darxem universiteti (1920—25), Birmingem universiteti (1925—48) professor Asosiy ilmiy ishlari uglevodlar kimyosiga oid. Metilsulfat va ishqorlardan foydalanib kandlarning metil efirlarini olish usulini taklif etgan (1915). Bu usul uglevodlar tuzilishini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. S vitaminning tuzilishini aniklagan va uni ilk bor sintez qilgan (1933, T. Reyxshteyn bilan bir vaqtda). Nobel mukofoti laureati (1937)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1883-yilda tugʻilganlar Turkum:1950-yilda vafot etganlar Turkum:19-martda tugʻilganlar Turkum:19-martda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari