Xloropren, 2-xlor butadiyen 1,3, SN2=SSl-SN=SN2 — oʻtkir hidli rangsiz suyuqlik; mol. m. 88,536. Suyuqlanish temperaturasi — 130°, qaynash temperaturasi 59,4°, zichligi 959 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar bilan aralashadi. Mis xlorid va ammoniy xlorid ishtirokida 0—20° da vinilatsetilenni gidroxlorlab olinadi. Zaharli; nerv sistemasiga taʼsir etadi, nafas yoʻllarini yalligʻlantiradi. Oson polimerlanadi, xlorpren kauchuklar ichida qoʻllanadi.

Xloropren sanoatda asosan polixloropren elastomerlari va latekslarini ishlab chiqarish uchun qoʻllanadigan monomerdir.https://web.archive.org/web/20051012221426/http://www-cie.iarc.fr/htdocs/monographs/vol71/003-chloroprene.html U xona haroratida oson dimerlanadi va oksidlanadi, shuningdek ingibitorlarsiz xona haroratining oʻzida polimerlanishi mumkin.https://web.archive.org/web/20051012221426/http://www-cie.iarc.fr/htdocs/monographs/vol71/003-chloroprene.htmlhttp://www.cdc.gov/niosh/npg/npgd0133.html Xloropren bugʻlari va suyuqligi tez alangalanuvchi bo‘lib, bugʻ-havo aralashmalari portlovchi xususiyatga ega.https://web.archive.org/web/20200523152219/https://www.ilo.org/dyn/icsc/showcard.display?p_lang=ru&p_card_id=0133&p_version=2