Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazma zali — Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik badiiy koʻrgazma zali.

1974-yil Toshkent shahrida ochilgan. Meʼmori R. Xayrutdinov va Firuza Fatixovna). Binosi Sharof Rashidov va Islom Karimov koʻchalari kesishgan joyda qad koʻtargan. Ekspozitsiya maydoni 2500 kv.m. Bino murabba tarhli, 2 qavatli, balandligi 15 m. Mujassamot markazida koʻrgazma zali (zaldagi zina orqali 2-qavatga chiqiladi), zal atrofida sanʼat asarlari sotiladigan badiiy salon, suratlar, amaliy sanʼat buyumlari xonalari bor.

Binoda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi joylashgan, ularga tashqaridan alohida alohida eshiklardan kiriladi. Bino atrofiga toqisimon qilib galereya ishlangan, toqi va galereya ichi milliy naqshlar bilan jozibador qilib bezatilgan. Bino tarzi konstruktiv elementlari yigʻma panellardan zamonaviy uslubda zdda tayyorlangan. Bino bezagida gʻozgʻon marmari, granit, koshin, kichik meʼmoriy shakllar ishlatilgan, interyer bezaklarida ganch oʻymakorligidan foydalanilgan.

Bino atrofidagi koʻkalamzorga haykalchalar joylashtirilgan. Bino 1998—1999-yillarda qayta taʼmirlangan. alt=Festival −2025 jarayonidan|thumb|365x365px|Tasviriy va amaliy sanʼat festivalidan olingan

Koʻrgazma zali yirik xalqaro, respublika, shaxsiy, guruhli va koʻchma vernisaj-koʻrgazmalar (yiliga 50 dan ziyod) oʻtkazadi; rassomlar, haykaltaroshlar, amaliy bezak sanʼati va miniatyura ustalarining, „Gretsiya—Oʻzbekiston. Qadimiy madaniy aloqalar“, „Toshkent Biyennalesi — 2001 va 2003“, „Zargarlik sanʼati — 2000, 2002“, „Ikuo Xirayama. Buyuk ipak yoʻlida“ (2002) koʻrgazmalari shular jumlasidan. Xorijiy elchixonalar, xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi madaniy (Hindiston) va ilmiy (Markaziy Osiyo tadqiqotlari Fransiya instituti) markazlari bilan faol hamkorlik qiladi; konferensiyalar, zamonaviy sanʼatning dolzarb masalalari boʻyicha „davra uchrashuvlari“, bastakorlar, yozuvchilar, kino va teatr ijodiy uyushmalari namoyandalari ishtirokida uchrashuv va kechalar tashkil qiladi. Koʻrgazmalar uchun kataloglar, bukletlar va taklifnomalar nashr etadi.

Butunjahon merosi 2026-yil 19−29-iyul kunlari Koreya Respublikasining Pusan shahrida boʻlib oʻtgan UNESCO Butunjahon merosi qoʻmitasining 48-sessiyasida Oʻzbekiston badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazma zali „Toshkent modernizm meʼmorchiligi. Markaziy Osiyoda zamonaviylik va anʼanalar“ milliy nominatsiyasi (iv mezon) tarkibida Jahon merosi obyekti deb topildi.

Manbalar

Turkum:Toshkent arxitekturasi Markaziy koʻrgazma zali