● Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jtsu.uz/uz mamlakatimizda sport boʻyicha yuqori malakali mutaxassis murabbiylarni tayyorlaydigan yagona tayanch oliy taʼlim dargohi hisoblanadi. Jismoniy tarbiyaga boʻlgan ehtiyoj, mahalliy xalq orasidan jismoniy tarbiya xodimlarini tayyorlashga boʻlgan zarurat tufayli 1935-yilda Toshkentda jismoniy tarbiya texnikumi ochildi.
● Biroq oʻsha davrlarda yuqori malakali mutaxassislar Moskva, Leningrad kabi shaharlarda tayyorlanar va isteʼdodli yoshlar shu shaharlarga borib oʻqishga majbur edilar. 1949-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika instituti, 1951-yilda Fargʻona davlat pedagogika institutida oliy maʼlumotli jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini tayyorlaydigan fakultetlar tashkil etildi. Ammo jamiyatda yigit-qizlarning muntazam sport – sogʻlomlashtirish bilan shugʻullana boshlagani mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini yanada kuchaytirdi. 1955-yilga kelib Respublika oliy oʻquv yurtlari, maktablar va sport tashkilotlarida bor-yoʻgʻi 247 nafar oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlgan mutaxassislar ishlar edi xolos. Shuning uchun zudlik bilan yuqori malakali sport trenerlari, sport hakamlari, jismoniy tarbiya va ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasi boʻyicha mutaxassislar, taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, sportchi-yoʻriqchilar va ilmiy xodimlarni tayyorlash muammosini zudlik bilan hal etish zarur edi. Eng katta muammo jismoniy tarbiya harakatining ommaviy tus olishida mahalliy kadrlarning yetishmasligi hamda qishloq joylarida jismoniy tarbiyaning sust rivojlanishi edi. Xullas, jismoniy tarbiya harakatini takomillashtirish, sifat jihatdan tamomila yangi mutaxassislar avlodini tarbiyalash, mahalliy xalq vakillarining sport musobaqalarida faol ishtirokini taʼminlash zarurati sabab 1955-yil 13-avgustda sobiq Ittifoq hukumatining 5972-sonli farmoyishi, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Kengashining 27-oktyabrdagi 653-sonli qarori bilan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil etildi.
● 2018-yil universitet tarixida tub oʻzgarish va yangilanish davri boʻldi. Avvalo, tarix zarvaraqida yangi sahifa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga binoan Jismoniy tarbiya va sport instituti negizida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi.
● Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3-maydagi 331-sonli qarori yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
● Universitetda jami 10 256 nafar talaba (byudjet 1 823 nafar, kontrakt 8 433 nafar) tahsil olmoqda. Shulardan, kunduzgi ta’limda bakalavriat bosqichi talabalari soni 3 941 nafar, ulardan 1 672 nafari davlat granti asosida, 2 269 nafari to‘lov-shartnoma asosida,
● Magistratura mutaxassisligi talabalari soni 153 nafar, ulardan 47 nafari davlat granti, 106 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.
● Sirtqi ta‘limda talabalar soni 6 162 ta, shulardan 104 nafari davlat granti, 6 058 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.
● Talabalarning 8 041 nafari o‘zbek tilida, 2 215 nafari rus tilida ta’lim olmoqda.
● O‘zbek-Belarus qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakultetining jami talabalar 79 nafar.
● Bugungi kunda universitetda 10 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.
Kafedralar
№ Taʼlim yoʻnalishi nomi1YENGIL ATLETIKA, BIATLON NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI2O‘G‘IR ATLETIKA, OT SPORTI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 3SUV SPORTI, ESHKAK ESHISH TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 4JISMONIY TARBIYA, SPORT NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 5MENEJMENT VA SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISH KAFEDRASI 6SPORT PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIKA KAFEDRASI 7ADAPTIV JISMONIY TARBIYA VA PARASPORT KAFEDRASI 8GIMNASTIKA SPORT TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 9SPORT TIBBIYOTI VA BIOXIMIYA KAFEDRASI 10VOLEYBOL, BASKETBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 11FUTBOL NAZARYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 12GANDBOL, REGBI, CHIM USTIDA XOKKEY NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 13PATOLOGIYA KAFEDRASI 14BOKS, KIK-BOKS, MUAYTAY NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 15MILLIY KURASH TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 16XALQARO KURASH TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 17QISHKI SPORT TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 18TAEKVONDO, QILICHBOZLIK NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 19TENNIS, BADMINTON, STOL TENNISI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 20O`ZBEK VA CHET TILLARI KAFEDRASI 21MURAKKAB-TEXNIK SPORT TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI 22ANATOMIYA VA FIZIOLOGIYA KAFEDRASI 23SPORT HUQUQI, IJTIMOIY VA TABIIY-ILMIY FANLAR KAFEDRASI TA’LIM YO‘NALISHLARI VA MUTAXASSISLIKLAR
Bakalavr yoʻnalishlari Kunduzgi 1 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari to‘g‘risida ma’lumot
(2023-2024 o‘quv yili) # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi161010300Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)261010800Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport)361010900Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish
Magistratura mutaxassisligi:
№ Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi171010301Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) 271010304Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish371010305Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport)471010901Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish570320101Jurnalistika (sport jurnalistikasi)670310901Psixologiya (sport)770412501Marketing (sport marketingi)870910401Gigiyena: sport diyetologiyasi
Tayanch doktorantura
№ Taʼlim yoʻnalishi nomi113.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 203.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi 319.00.06 -Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi319.00.06 -Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Filiallari
● Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filiali
● Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali
Ilmiy salohiyat
● Universitetda jami 508 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Jami ilmiy daraja va unvonlilar – 161 nafar. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ilmiy salohiyati 2022 yildagi 28.3% dan, 2023 yilda 31,6% ko‘tarildi.
●Universitetda DSc.03/30.2019.PhD.28.01 raqamli 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyati yangi tarkibda yo‘lga qo‘yildi. Mazkur Kengashda 2022 yilda 51 nafar (ulardan 5 nafari fan doktorlik DSc) dissertatsiya ishlarini himoya qilishgan bo‘lsa, 2023 yilda 30 nafar izlanuvchilar (ulardan 7 nafari fan doktorlik DSc, 23 nafari PhD) dissertatsiya ishlarini himoya qilishdi.
●O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–414-son qaroriga asosan 2023 yilda 9 ta ilmiy loyihani bajarish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida 2 ta innovatsion loyiha bajarilib, yana 4 ta loyiha tanlovlarga topshirildi.
●Litva davlatining Loyiha boshqaruvi markaziy agentligi (CPVA, Litva) tomonidan moliyalashtiriladigan (oltmish ming yevro) “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida masofaviy sport ta’limini amalga oshirish (joriy qilish)” mavzusida innovatsion loyihani Litva sport akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida bajarish boshlandi. Natijada ilmiy ishlanmalar uchun 1 ta patent, 7 ta mualliflik guvohnomalari olindi. Shuningdek, 7 ta Respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi (respublika – 3 ta, xalqaro – 4 ta). Undan tashqari 3 nafar professor-o‘qituvchilarimiz P.F. Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish milliy davlat universitetida (Rossiya) stajirovkada bo‘lib qaytdilar.
●Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish bo‘yicha seminarlar, sohada yetakchi bo‘lgan olim va mutaxassislar bilan uchrashuvlar, ma’lum soha bo‘yicha ilmiy guruhlarga jalb qilindi va 283 nafar iqtidorli talabalar ilmiy faoliyatga jalb qilindi.
● Sport ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun birinchi marta “IMPULSE SCIENCE - 2023” yozgi maktabi tashkil qilinib, viloyat Olimpiya paralimpiya markazlarining o‘quvchilari, murabbiylari jalb kilindi
●2022-2023 o‘quv yili bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga 4 nafar, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasiga 2 nafar, O‘zbekiston Respublikasi Ibn Sino nomli Davlat stipendiyasiga 14 nafar talabalar tavsiya etildi. ●Ispaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Webometrics agentligi o‘zining Ranking Web of Universities – 2023 reyting natijalarini e’lon qildi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ilk bora ushbu reytingga kirdi. Ushbu reytingda universitet dunyo bo‘yicha 23055-o‘rinni, Osiyoda 10021-o‘rinni hamda O‘zbekiston universitetlari orasida 73-o‘rinni
Xalqaro aloqalar
2022-yildagi faoliyat natijalari: -10 ta xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan xamkorlik memorandumlari imzolandi; -1 ta xalqaro loyiha malakali sportchilar hamda imkoniyati cheklangan shaxslarni velosipedda vertual mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun “Virtual training in cycling” texnologiyasi ishlab chiqildi; -19 nafar professor-o‘qituvchilar xorijga qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish kurslariga yuborildi; -universitetda 5 nafar xorijlik professor-o‘qituvchilar shartnoma asosida faoliyat yuritmoqda; -Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan 2+2 bakalavriat va 1+1 magistratura qo‘shma taʼlim dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi; -27 nafar talaba va 18 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi; 2023-yil yanvar-iyun holatiga: - 12 ta Xalqaro oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik Memorandumlari imzolandi. Birgina Turkiya misolida oladigan bo‘lsak, mazskur davlatning Bursa Uludag‘, Ataturk, Gazi, Istanbul va Selchuk kabi 5 ta nufuzli universitetlari hamkorlik aloqalri yo‘lga qo‘yildi; - 27 nafar talaba hamda 18 nafar professor-o‘qituvchilar Xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi; - 4 ta Xalqaro anjuman, seminar va tadbirlar o‘tkazildi; - 24 nafar universitet professor-o‘qituvchilari malaka oshirish yuzasidan xorijiy safarga yuborildi; - Ayni vaqtda 8 nafar xorijlik mutaxassislar oliygohda shartnoma asosida faoliyat
Ma`naviy va jismoniy yuksalish sari
●So‘nggi 2 yilda (2020, 2021) talabalar tomonidan xalqaro olimpiadada qo‘lga kiritilgan medallar – 4 ta, shu jumladan 2 ta oltin, 1 ta Kumush, 1ta bronza. So‘nggi 3 yilda (2020-2022) Prezident va nomdor stipendiyalar sohiblari 20 ta, shu jumladan: -Prezident stipendiyalari sohiblari 3 ta; -Nomdor stipendiyalar sohiblari 17 ta. Aynan 2022-yilda universitet tarixida birinchi marta 12 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga aylanishdi (9 nafar Ibn Sino, 2 nafar I.Karimov va 1 nafar Prezident stipendiyalari);
●2019-2020-o‘quv yili davomida 10 nafar professor-o‘qituvchilar, “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, 1 nafar dotsent “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan, 1 nafar dotsent “Shuhrat” medali, 8 nafar talaba-yoshlar “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Undan tashqari 1 nafar “Yil talabasi”, 1 nafar “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” sohibi, 52 nafar xalqaro, 339 nafar respublika musobaqalari g‘olibi yetishib chiqdi.