Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlovchi muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 15-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 414—49-sonli qaroriga muvofiq, 1995-yil 2-sentabrda tashkil etildi. Akademiya oliy qoʻmondonlik tarkibiga, tezkortaktik ixtisosga ega oliy malakali harbiy, ilmiypedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlashga, tadqiqotlar oʻtkazishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun katta va oliy ofitserlarni tezkorstrategik tayyorlash, katta va oliy ofitserlarning kasbiy tayyorgarlik malakasini oshirish uchun harbiy fan muammolarini oʻrganishda fundamental, qidiruv va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, harbiy siyosat, qurolli kuchlar qurilishi va tayyorgarligi boʻyicha amaliy masalalarni tadqiq etishga moʻljallangan. Akademiyada tinglovchilar 2 yil davomida saboq olishadi. Rektorlari Vladimir Mahmudov (taxminan 1995) Qodir Gʻulomov (1999-2000) Qobul Berdiyev (4-sentabr 2017-yil — 1-may 2018-yil) Shavkat Mamajonov (23-mart 2021-yil — 21-yanvar 2022-yil) Bobur Shoyoqubov (21-yanvar 2022-yildan) Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston harbiy bilim yurtlari Turkum:Toshkent harbiy oliy oʻquv yurtlari Turkum:1994-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar