Jumek Asqarovich Oʻrinboyev (15-may, 1906-yil, Chimboy shahri — 23-dekabr, 1973-yil, Nukus) — pedagog olim, pedagog fanlari doktori (1967), professor (1971). Oʻzbekiston (1967) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
Faoliyati
Oʻqituvchilar tayyorlaydigan kursni tugatib (1924), qishloq maktabida oʻqituvchi; Chimboy shahridagi internat maktab direktori (1924-1935); Moskvadagi oʻquvped. nashriyotida qoraqalpoq tilida darsliklar tayyorlash boʻyicha muharrir (1937-1941); Qoraqalpogʻiston pedagogika institutida pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri (1942-1973); 1967-yilda ochilgan Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutining Qoraqalpogʻiston filiali birinchi direktori hamda pedagogika nazariyasi va tarixi boʻlimi mudiri (1967-1969).
Ilmiy ishlari Qoraqalpogʻistonda xalq taʼlimi, maktab va pedagogika tarixiga bagʻishlangan. Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutining Qoraqalpogʻiston filiali uning nomi bilan ataladi"Oʻrinboyev Jumek Asqarovich" OʻzME. Oʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1906-yilda tugʻilganlar Turkum:1973-yilda vafot etganlar Turkum:Olim Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Oʻzbek olimlari