Muhammad Toshevich Oʻrozboyev (1906.20.5, Qoʻqon – 1971.9.5, Toshkent) – mexanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). texnika fanlari doktori (1947), professor (1938), Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchi fakultetini (1928), Moskva oliy texnika bilim yurtini (1932), Moskva universitetining matematika-mexanika fakultetini (1934) tugatgan. Toshkent toʻqimachilik institutida kafedra mudiri va direktor oʻrinbosari (1936—1947), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Inshootlar instituti direktori (1947—1957), Ilmiy-texnika davlat qoʻmitasi raisi (1957—61), Toshkent politexnika instituti rektori (1963—1971), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi hamda Mexanika va boshqarish jarayonlari boʻlimining akademik kotibi (1970—1971), „Fan va turmush“ jurnali bosh muharriri (1970—71).
Asosiy ilmiy ishlari mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga doir. Oʻzbekistonda seysmik mustahkamlikning dinamik nazariyasi va qobiqlar nazariyasiga oid ilmiy maktab yaratgan, mexanika fanining koʻp ilmiy yoʻnalishlariga asos solgan. Oʻrozboyev paxta terish mashinalariga oid ilmiy tekshirish ishlariga, seysmik mustahkam inshootlar sohasida amaliy va nazariy izlanishlarga rahbarlik qilgan. Davlat mukofoti (1952), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent koʻchalaridan biri Oʻrozboyev nomi bilan atalgan.
Manbalar
Adabiyotlar Materiallarqarshiligi, 1—2t., 1960— 65; Seysmostoykost gidrouprugix sistem, T., 1966; Nazariy mexanika asosiy kursi, T., 1966; Materiallar qarshiligi asosiy kursi, T, 1973.
Havolalar Oʻrozboyevga taʼziyanoma
Turkum:Mexaniklar Turkum:Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Moskva davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti bitiruvchilari Turkum:Texnika fanlari doktorlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari