Qayroq — Oʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasida tarqalagan jismi sadolanuvchi (idiofon) urma cholgʻu asbobi.

Tuzilishi va ijro etilishi Qayroq zarbli cholgʻular guruhiga kiradi. Uning tuzilishi yapaloq, tekis qilib silliqlangan ikki juft yupqa choʻzinchoq qoratoshdan iborat boʻlib, turli ritmik-usullarni ijro etish va raqs kuylarida asar koloritini boyitish maqsadida qoʻllanadi. Xorazmda qayroqlarning bir jufti temirdan va bir jufti esa toshqayroqdan iborat boʻladi.

Ijrochi har bir qoʻliga bir juftdan qayroq olib, ularni bir-biriga urib, silkitib yoki titratib ijro qiladi. Koʻp hollarda u raqqosa, dorboz, yogʻochoyoq oʻyinchilar tomonidan ijro etilib, raqs harakatlariga mos turli usullar (koʻp hollarda „rez“) hosil qilinadi.

Qayroq raqslari Qayroq oʻyin — qayroqlarni titratib ritm (usul) chiqarish orqali bajariladigan raqs turi. Raqqos ularni bir-biriga urilishidan chiqqan ritmik tovushni oʻz raqsiga joʻr qiladi. Qayroq oʻyinini raqsga tushuvchi bajaradi va shu ritm oʻynaydi. Bundan tashqari Buxoroda „Qayroqbozi“, Xorazmda „Orazibon“ va „Norim-Norim“ kabi qayroq joʻrligida ijro etiladigan raqslar mashhur.

Oʻxshash cholgʻular thumb Qayroqqa oʻxshah cholgʻulardan Ispaniya, Italiya, Lotin Amerika xalqlarida keng tarqalgan va simfonik orkestr hamda baʼzi ansambllar tarkibiga kiradigan kastanetlar mavjud. U kichik qoshiqsimon, yapaloq boʻlib, qattiq yogʻoch yoki plastmassadan yasaladi.

Havolalar

Oʻzbek mumtoz musiqasi saytida qayroq haqida

Manbalar

Turkum:Musiqa asboblari Turkum:Oʻzbek cholgʻu asboblari Turkum:Urma asboblar