Qagʻanoq — yangi tuqqan qoʻyning dastlabki 3-4 kunlik sutidan tayyorlanadigan mahsulot. Sogʻib olingan sut sust olovda tuz va sedana solib qaynatiladi. Qag'anoqqa guruch, oqshoq qoʻshish ham mumkin. U sovitib isteʼmol qilinadi. Tarkibida yogʻ va oqsil, fiziologik faol moddalar koʻpligi va toʻyimliligi bilan boshqa sut mahsulotlaridan farq qiladi. Sovigan qag'anoq yumshoq pishloq kabi qotadi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Qagʻanoq · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.