250px|thumb Neʼmat Mirzaboyevich Qoʻziboyev (1929.20.7, Fargʻona – 2004.14.5, Toshkent) – rang-tasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1970). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1947) va Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik instituti (1953) ni tugatgan. 1953-yildan Respublika rassomlik bilim yurtida, 1959-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi Milliy rassomlik va dizayn instituti)da pedagog, 1984-yildan professor (1985-yildan Qoʻziboyev ustaxonasi mavjud boʻlgan). Qoʻziboyev ijodi badiiy uslubining ifodaliligi bilan diqqatga sazovor; asarlarida mazmunning teranligi, davr ruhi, kishilar kayfiyatini ifodalashda mahorati namoyon boʻldi: „Oʻzboy oʻzanida“, „Qidiruvchilar“, „Yangi yoʻl“, „Choʻponlar huzurida“ kabi maishiy janrga oid asarlar, „Yunus Rajabiy“, „Mirshohid Miroqilov“, „Nodirabegim“, „Abdulla Qodiriy“ „Ibn Sino“, „Beruniy“. „Navoiy va Sulton Husayn“, „Navoiy portreti. Qush tili“ kabi portretlar, „Bahor“, „Fargʻona vodiysi“, „Qoʻqon manzarasi“ kabi tasvirlar va boshqalar.

Qoʻziboyev asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etgan; asarlari respublika va chet el muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Manbalar

Adabiyotlar Neʼmat Qoʻziboyev (katalog), Olmaota, 2005.

Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq rassomlari Turkum:Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari Turkum:Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi bitiruvchilari