Habib Asadullo (1941-yil, Maymana shahrida tugʻilgan) – afgʻon yozuvchisi, adabiyotshunos. 70— 80-yillar davri adabiyotida vujudga kelgan „Yangi sheʼr“ oqimining taniqli namoyandalaridan. Kobul universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1961). Dastlabki hikoyalar toʻplami – „Uch mardikor“ (1966). Asarlarining asosiy mavzusi oddiy mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida yozilgan. Ilmiy ishlari mumtoz va hozirgi zamon dari adabiyoti tarixiga bagʻishlangan. „Oqbadan“ (yoki „Oydin“, 1965), „Kishanlarni par-chalovchilar“ (1975), „Tun va qamchin“ (1978), „Oqshom ila diydor“ (1982), „Qizil maktub“ (1983), „Oʻroqlar va qoʻllar“ (1983—84), „Zulmat bilan vidolashuv“ (1985), „Soʻnggi orzu“ (1986) va boshqa asarlar muallifi.
Manbalar Oydin, T., 1982.
Turkum:Adabiyotshunoslar Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar