Theodor Mommsen (1817.30.11, Garding — 1903-yil, 1-yanvar 1, Sharlottenburg) — nemis tarixchisi, Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy faxriy aʼzosi (1893). Leypsig (1848-yildan), Syurix (1852-yildan), Breslau (Vrots-lav) (1854-yildan), Berlin (1858 — 1903) universitetlari professor 1848—49 yillardagi inqilob davrida nemis burjua-ziyasining soʻl qanotida boʻlib, Shlez-vigni Prussiyaga qoʻshilishi tarafdori boʻlgan, ShlszvigGolsh-teyn muvaqqat hukumatining nashriy organiga muharrirlik qilgan. Pro-gresschilar partiyasidan prus landtagi va Germaniya reyxstagiga deputat qilib saylangan (1863—66 va 1873— 79 yillarda landtag deputati, 1881—84 yillarda reyxstag deputati). Qad. Rim va Rim huquqiga oid 1500 dan ziyod tarixiy asarlar muallifi. Asosiy asari "Rim tarixi"da, asosan, Rimning miloddan avvalgi 46 yilgacha boʻlgan harbiy-siyosiy tarixini yoritgan va Rim provinsiyalari tarixini bayon qilgan. Nobel mukofoti laureati (1902)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Adiblar Turkum:1817-yilda tugʻilganlar Turkum:1903-yilda vafot etganlar Turkum:1-yanvarda vafot etganlar Turkum:30-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Bolonya universiteti faxriy doktori Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari