Yenbekshiqazaq tumani — () Almati viloyatining janubiy qismida joylashgan. Yer maydoni 8,3 ming km2. 1928-yil tashkil topgan. Aholisi 281,296 kishi (2013). Tuman markazi — Yesik shahri.
Aholisi Tuman aholisi 281,296 kishi va 1 km2 33,8 kishidan toʻoʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidan koʻrishingizga boʻladi (2010): qozoqlar — 107 815 kishi (49,14 %) uygʻurlar — 48 451 kishi (22,08 %) ruslar — 32 319 kishi (14,73 %) turklar — 12 175 kishi (5,55 %) ozarbayjonlar — 4 183 kishi (1,91 %) kurdlar — 3 218 kishi (1,47 %) olmonlar — 1 660 kishi (0,76 %) chechenlar — 1 600 kishi (0,73 %) tatarlar — 1 323 kishi (0,60 %) ukrainlar — 1 121 kishi (0,51 %) koreyslar — 828 kishi (0,38 %) yunonlar — 711 kishi (0,32 %) qirgʻizlar — 666 kishi (0,30 %) oʻzbeklar — 625 kishi (0,28 %) boshqalari — 2 717 kishi (1,24 %) Jami — 219 412 kishi (100,00 %)
Ijtimoiy soha Tumanda umumiy bilim beruvchi 75 maktab, gimnaziya, pedagogika, yuridik va tibbiyot kollejlar, 2 bolalar bogʻchasi, 2 muzey bor. Tuman kasalxonasi va shifoxonasi, qishloqlarda 6 kasalxona, 33 shifokorlik amblatoriya, 16 feldsher-akusherlik va 23 feldsher punkti v.h mahkamalar borJetisuv ensiklopediya. — Almati: „Aris“ nashriyoti, 2004. — 712 bet. .
Iqlimi
Tuman iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq. Togʻli hududlarga qor koʻp yogʻadi (40 — 60 sm). Yanvar oyining oʻrtacha harorati −6 — 10 °C, ayrim paytarda harorat −28 — 30 °C gacha pasayadi. Yozi issiq va qurgʻoq. Iyul oyining oʻrtacha harorati 20 — 24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori tekisliklarda 200 — 400 mm, togʻli hududlarda 550 — 700 mm[ru.wikipedia.org/wiki/Xram_Arxangela_Mixaila_(Turgen)/ Xram Arxangela Mixaila v wiki].
Katta qishloqalri Yesik shahri (31,3 ming kishi) Shelek (23,3) Turgen (10,4) Malovodnoe (7,1) Novoalekseevka (5,5) Qoʻram (5,4)
Manbalar
Havolalar Obщaya informatsiya o rayone na sayte Akima Almatinskoy oblasti
Turkum:Almati viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari