Samarqand xalqaro aeroporti – Oʻzbekistonning ikkinchi yirik va aholi zich joylashgan shahri – Samarqandga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Shahar markazidan 8 km shimolda joylashgan. Samarqand viloyatidagi yagona aeroport. Bu Oʻzbekistondagi eng gavjum ikkinchi aeroport (Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan keyin). Oʻzbekiston havo yoʻllari MAKning asosiy markazlaridan biri hisoblanadi. Aeroport yiliga oʻrtacha 500 000 dan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi.
1992-yil 4-fevraldagi VMQ-44-sonli qaror bilan Samarqand aeroporti yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston havo yoʻllari tarkibiga kiritilgan.
2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-sonli prezident farmoni bilan Oʻzbekistondagi aeroportlarni boshqarish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasi tashkil etildi va Samarqand aeroporti ham yangi kompaniya tarkibiga kiritildi.
Xususiyatlari Samarqand xalqaro aeroporti Samarqand shahrining shimoliy chekkasida, dengiz sathidan 680 metr balandlikda joylashgan. Aeroportda asfalt-beton yuzasi va oʻlchamlari 3100x60 metr boʻlgan 09/27-sonli bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud. Umumiy rekonstruksiyadan soʻng aeroport ICAO 1-toifasi boʻyicha sertifikatlangan va barcha turdagi samolyotlarni qabul qiladi: Il-62, Il-86, Tu-154, Airbus A310, Airbus A320, Boeing 737, Boeing 757, Boeing 767. Aeroport strategik obyekt sifatida Samarqand shahri va Samarqand viloyati, shuningdek, Oʻzbekistonning markaziy qismi iqtisodiyotini, jumladan, turizm sohasini rivojlantirishda ulkan rol oʻynaydi.
Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun 2009-yilda yangi aerovokzal majmuasi qurildi, taksi yoʻllari rekonstruksiya qilindi, havo harakatini boshqarishning yangi binosi qurildi, zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari oʻrnatildi. Hozirgi terminalning oʻtkazish quvvati soatiga 400 yoʻlovchini tashkil etadi.
2022-yilda yangi yoʻlovchi terminali qurilishi yakunlandi. Bu „ochiq kitob“ ni ifodalaydi. Binoning tomida burjlar tasvirlangan boʻlib, ular dizaynerlarning fikricha, buyuk astronom Mirzo Ulugʻbekning fan va insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasini eslatadi.
Aeroport majmuasida xalqaro standartlarda koʻrsatilgan barcha turdagi xizmatlar mavjud: VIP va CIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, chipta kassalari, pochta, shaharlararo va xalqaro telefon aloqalari, barlar, restoran, valyuta ayirboshlash shoxobchasi, Duty Free doʻkoni.
Mukofotlari 2004-yil oxirida Samarqand aeroporti „Yilning eng yaxshi aeroporti“ tanlovining „100 000 yoʻlovchigacha tashish hajmi“ nominatsiyasi boʻyicha MDH davlatlari aeroportlari orasida eng yaxshisi deb topildi. Mamlakat Mintaqa Samarqand viloyati, Samarqand Turi Yoʻlovchi tashish uchun IKAO kodi UZSS IATA kodi SKD Joylashiv balandligi +678 m Mahalliy vaqt UTC +5 Ish tartibi sutkasiga 24 soat Ishlatuvchi „Samarqand Aeroporti“
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Statistikasi +Samarqand xalqaro aeroportining yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi (2023–2025)YillarJami yoʻlovchilar soniYoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %daXalqaro yoʻlovchilar soni va ulushiMahalliy yoʻlovchilar soni va ulushiParvozlar soniParvozlar sonining oʻzgarishi, %daManbalar2022493 417 20231 010 938 105% 9 097 20241 381 320 36,6% 11 098 22,0% Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%2025 1 521 158 10,1% 1 459 019 (96%) 62 139 (4%) 12 130 9,3%
Baxtsiz hodisalar va falokatlar 1970-yil 6-fevralda Aeroflotning U-45-reysida Toshkent – Samarqand yoʻnalishida uchgan Il-18 samolyoti (bort raqami: CCCP-75798) Samarqand xalqaro aeroportiga yaqinlashayotganda minimal toʻsiqlardan oʻtish balandligidan (MOCA) pastroq darajada uchgan va aeroportdan 32 km uzoqlikda, Bulungʻur tumanida qulab tushgan. Bortdagi 106 kishidan (98 nafar yoʻlovchi va 8 nafar ekipaj) 92 nafari halok boʻlgan. Bu Oʻzbekiston tarixidagi Uchquduq yaqinida Tu-154 halokatidan keyingi eng yirik aviahalokat hisolanadi. 1978-yil 19-dekabrda Oʻzbekiston SSR Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga qarashli An-24B samolyoti (bort raqami: CCCP-46299) oʻquv-mashgʻulot parvozini amalga oshirayotgan paytda boshqaruvni yoʻqotib, halokatga uchradi. Bortdagi besh nafar ekipaj aʼzosining barchasi halok boʻldi.
Manbalar
Aeroport