Murod Shavkatovich Zuxurov – Oʻzbekistonlik futbolchi. Ampluasi darvozabon. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning Bunyodkor futbol klubi aʼzosi. Sobiq futbochi va hozir murabbiy.
Futbolchilik faoliyati 1983-yilning 23-fevral kuni Toshkentda tugʻilgan. Oʻz karyerasini 2003-yilda Bekobodning Metallurg klubida boshladi. 2007-yilda Namanganning Navbahor klubida oʻynadi. 2008-2010-yillarda Quruvchi (Bunyodkor)da oʻtkazdi. 2010-2012-yillarda Qarshining Nasaf klubida oʻynadi. Nasaf klubi tarkibida 2011-yilgi mavsumda ilk bor Xalqaro musobaqa OFK kubogida gʻolib boʻlishida katta xissa qoʻshdi 2013-yildan yana Bunyodkor safida. 2015-yilgi mavsum yakunlariga koʻra darvozasini daxlsiz saqlash boʻyicha 20 ta oʻyinda 13 ta quruq oʻyin bilan chempionat peshqadami boʻlgan. 2019-yil Bunyodkor safida futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi va 2021-yildan Bunyodkor jamoasining yoshlar (farm klubi) klubi Bunyodkor-2 jamoasiga darvozabonlar murabbiyi sifatida yordam bermoqda.
Faoliyat statistikasi
Jamoa
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaro musobaqaBoshqaUmumiyDivisionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolBunyodkor2013Oʻzbekiston Superligasi12020 -20 -16020140000 -201030201520040 -10 -250201629040 -70 -400201722070 -70 -360201814010 - - -15020191302010 - -160Umumiy110020010190101510Karyerasida umumiy110020010190101510
Xalqaro OʻzbekistonYillarOʻyinGol201220201320Jami40 2013-yil 10-sentyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika
Yutuqlari
Bunyodkor
Oʻzbekiston Oliy Ligasi Chempioni: 2008, 2009, 2010, 2013 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2008, 2010, 2013
Nasaf
OFK kubogi sohibi 2011-yil
Manbalar
Havolalar
Transfermarket oʻyinchi profili FootballFacts.ru saytidagi profil World Football maʼlumotlar bazasidagi oʻyinchi profili (ang.)
Turkum:23-fevralda tugʻilganlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar