FIFA Jahon chempionati 2014 uchun oxirgi qurʼa marosimi 2013-yil 6-dekabrda Braziliyaning Baiya shtatidagi Mata de São João shahridagi Costa do Sauípe Resort mehmonxonasida, mahalliy vaqt bilan 13:00da (UTC−3) boʻlib oʻtdi. Marosimda 32ta ishtirokchi terma jamoalarni guruhlarga ajratishdi, jamoalar FIFA tomonidan savatchalarga mintaqalarga qarab taqsimlandi.

Taqsimlash thumb|right|Rodrigo Hilbert, Dilma Rousseff, Joseph Blatter va Fernanda Lima Braziliyadagi jahon chempionati finalining qurʼa tashlash marosimida

Qurʼada jamoalarni taqsimlashda FIFA Dunyo reytingining 2013-yil oktyabr oyidagi tutgan oʻrni orqali inobatga olindi. FIFA 2013-yil noyabr oyidagi qurʼa boʻyicha ham aniqlashi mumkin edi, ammo baʼzi terma jamoalar saralash bahslarini yakunlab ulgurmaganligi bois oktyabr oyi reytingidan foydalandi. Braziliya oʻsha vaqtda kuchli 8talik oʻrinda ham yoʻq edi, ammo u mezbon davlat boʻlgani uchun 1-savatga tanlandi. qolgan kuchli 7ta terma jamoa 2013-yil oktyabr oyi reytingidan foydalanib qolgan savatchalarga taqsimlandi. JamoalarFIFA reytingiOktabr 2013 (mezbon)11 12345678910121314151617181921222324313233344449565759

Qurʼa Final bosqichi uchun eng oxirgi qurʼa jarayoni quyidagicha boʻldi, unga koʻra 32ta ishtirokchi jamoalar 4ta mintaqalari oldindan belgilangan savatchalarga joylandi. 1-savatchaga mezbon sifatida terma jamoasi tanlandi, qolgan 7ta savatchaga FIFA 2013-yil oktyabr oyidagi reytingi boʻyicha taqsimlandi (yuqoriga qarang). Following a meeting of the competition's organising committee on 3 December, the composition of the other three pots were announced:

1-savat (tanlangan) 2-savat (Afrika & Janubiy Amerika) 3-savat (Osiyo & Shimoliy Amerika) 4-savat (Yevropa) (mezbon)

(2-savatga oʻtkazildi)

Qurʼa protsedurasi quydagicha:

Bitta Yevropa terma jamoasi 4-savatdan 2-savatga koʻchirildi va shundan keyin har bir savatda 8tadan terma jamoa joylashtirildi (qurʼa boʻyicha Italiya 2-savatga oʻtkazildi). Qurʼa tartibi boʻyicha 1-savatdagi boshqa 7ta terma jamoa B guruhidan H guruhigacha tanlab olindi, 1-savatdan Braziliya esa A guruhiga oldindan tanlab olingan edi. Geografik boʻlinishni maksimallashtirish uchun, Janubiy Amerikaning 4ta tanlangan (1-savatdan) terma jamoasini joylashtirish jarayonida, qoʻshimcha savat (x savat) yaratildi. Oʻsha 4ta terma jamoa oʻrni toʻldirildi (qurʼa boʻyicha Urugvay 1- savatga oʻtkazildi). 2-savatdan boʻlgan yagona Yevropa terma jamoasi "x savatdan" olinib Janubiy Amerika jamoalari orasiga qoʻyildi (shuning uchun Italiya Urugvayning guruhiga tushdi); Bu jarayon bir guruhda 3ta Yevropa jamoasi joylashib qolishi oldini oldi. Qolgan barcha jamoalar ketma ketlik bilan savatlardan (misol: 2-savat, 3, keyin 4) harflar tartibidagi guruhlarga (misol: A guruhi, keyin B guruhi va hakozo) qurʼa yordamida ajratildi. Qolgan barcha erma jamoalar tartib bilan joylandi, oldindan tanlangan FIFA top 8ta terma jamoasi har bir hguruhning 1-jamoasi sifatida guruhlarga ajratildi (misol Braziliya A1 sifatida).

Manbalar

Qurʼa Turkum:FIFA Jahon chempionati taqsimlash