Sevinch Moʻminova Tolibovna (30-iyun, 1982-yil) — oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. Sevinch oʻzbek va ozarbayjon tillarida qoʻshiq kuylaydi. Sevinch Moʻminova bir nechta oʻzbek filmlarida rol oʻynagan.
Hayoti Sevinch Moʻminova 1982-yil 30-iyunda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoʻshiq kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan soʻng xonanda poytaxtimizdagi Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining rejissura fakultetini tamomladi. Onasi Ozarbayjonlikhttp://muz.uz/content/xonandalar/sevinch-mominova.html.
Shaxsiy hayoti Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U 2010-yili Sharof Muqimov bilan turmush qurdi. Leyla ismli qizi bor. Juftlik ajrashgan.
Sharof Muqimov uylangan, bir o‘g‘li bor.
Eng mashhur qo‘shiqlari Quyida Sevinch Mo‘minovaning eng mashhur qo‘shiqlaridan ba'zilari keltirilgan:
"Ko‘ylagim" "Va’da berma" "Olib ket" "Yolg‘onchi yor" "Bolajonim" "Oshiqam" "Baxtim" "Qo‘rqma qalbim" "Zolim" "Ne bo‘ldi"
Ijodi Musiqasi Sevinch Muqimova "Toʻlin oy"https://uzhits.net/skachat-mp3/zolotoy-uzbek-pesni/4695-sevinch-tolin-oy-uzhitsnet.html deb nomlangan ilk qoʻshigʻini "Navroʻz" bayramida kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6 ta albom yaratdi. Bular: "Toʻlin oy", "Sogʻindim", "Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket", "Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada nafaqat Oʻzbekiston xududida, balki AQSh, Rossiya, Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Qirgʻiziston davlatlarida ham mashhurlikni qoʻlga kiritdi.
Diskografiyasi Kliplari Yil Qoʻshiq Rejissor „Yolgʻonchi yor“ „Toʻlin oy“ „Sogʻindim“ „Sevasan meni“ „Yuragim nolasi“2005 „Tango“2005 „Hayot“2006 „Olib ket“2006 „Yagonam“2006 „Sevib yashayman“2010 „Bu hayot“ (Sharof Muqimov bilan) After-Media2015 „Koʻylagim“2015 „Taqdir“2015 „Ishongin“ (Sharof Muqimov bilan)2016 „Doʻqi-doʻqi“2016 „Kölgəm qədər“2017 „Dil gavhari“ Ikrom Ali „Sensiz“ (Vohid Isohov bilan) 2020 „Ne boʻldi“
Filmografiyasi Aktrisa + Film Yil Film Rol Izoh Rejissor2002 Dilxiroj Sanam2005 Baxt uchun million! (Sarvinoz 2) Sarvinoz Bahrom Yoqubov2006 Sunami Sevinch2015 Baxt ortidagi dard Shuhrat Mavlonov
+ Teleserial Yil Serial nomi Rol Izoh2009 Qish ertagi Muqaddas
+ Kliplar Yil Qoʻshiq nomi Artist? „Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“Oxunjon Madaliyev2011 „O Layli“Sharof Muqimov
Manbalar
Havolalar Fan page of Sevinch Muminova in Facebook Sevinc Muminova IMDb.com da
Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar