Arabov Saidqul (1959, Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani) — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi (2008-2018).

Biografiyasi 1977—1982 — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti talabasi.

1982—1984 — Harbiy xizmatda.

1984—1986 — Buxoro viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi Yer tuzish boʻlimi muhandisi.

1986—1988 — Buxoro viloyati Buxoro tumani Yer resurslari boʻlimi boshligʻi.

1988—2001 — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Yer resurslari boʻlimi boshligʻi.

2001—2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi Yerlarni miqdoriy hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi.

2003—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi Davlat yer kadastri va yerlarni hisobga olish boshqarmasi boshligʻi.

2005—2006 — Oʻzbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti „Oʻzdavyerloyiha“ bosh muxandisi.

2006—2008 — Oʻzbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti „Oʻzdavyerloyiha“ bosh direktori.

2008—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi.

2017-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon loyiha-tadqiqot instituti direktori.

Manbalar

Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar