Shavkat Mullajonov (1986-yil 19-yanvarda Zarafshon shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

2010—2015-yillarda milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. 2022-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Faoliyati Shavkat Mullajonov professional futboldagi ilk faoliyatini 2004-yili oʻz tugʻilib oʻsgan ona shahri Zarafshonning Qizilqum tarkibida boshlagan. Shavkat „konchilar“ tarkibida 2007-yilgacha oʻynaydi. 2007-yilning yozida u Olmaliqning Olmaliq futbol klubiga kelib qoʻshiladi.

U 2009-yili Toshkentning Paxtakor klubi murabbiyining eʼtiboriga tushadi va 2009-yili Paxtakorga keladi. Ammo, u Paxtakor safida zaxirada qolib ketadi va 2010-yili yana Qizilqum klubiga qaytadi. Qizilqum tarkibida bitta oʻyinda maydonga tushib keyin yana Olmaliqqa qaytadi. Oʻsha mavsumda u 25 ta oʻyinda Olamliq tarkibida toʻp suradi.

Shavkat Mullajonov 2011-yilgi Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi musobaqasida terma jamoasi tarkibida oʻynaydi. Osiyo kubogidan soʻng u Qatarning Al Ahli klubining diqqatini oʻziga tortadi. Shavkat Mullajonov Al Ahli klubida jamoaning haqiqiy lideriga aylanadi va jamoaning asosiy tarkibidan maydonga tusha boshlaydi. Bir yarim yil Al Ahli tarkibida toʻp surib 30 ta oʻyinda maydonga tushgan .

2012-yil boshidan Ar-Riyodning Al-Nassr klubi uni safiga qoʻshishni istaydi va tez orada u Al-Nassr tarkibiga qoʻshiladi. Al-Nassr tarkibida 12 ta ucrashuvda maydonga tushadi. Shundan keyin, 2013-yilning oʻrtalarida u Xitoyga keladi va Shenyan shahri klubi Liaoning Whowin bilan shartnoma imzolaydi. Xitoy klubi tarkibida u bir mavsum oʻynab 20 ta uchrashuvda klub sharafini himoya qiladiالنصر السعودي يتعاقد مع الأوزبكي ملجنوف Al Jazeera sport, 5-iyul 2012辽宁官方宣布签约外援中卫 乌兹别克国脚正式加盟.

2014-yili u Oʻzbekistonga qaytadi va Olmaliq klubi safiga qoʻshiladi u yerda yarim mavsum oʻynaydi. 2014-yilgi yozgi transfer oynasi vaqtida Toshkentning Lokomotiv klubiga oʻtdi va 2015-yilgi mavsum yakuniga qadar oʻynaydi. 2016-yilgi mavsum dastlabki qismida BAAning Al-Shabab jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shu yilning yoz aslida Oʻzbekistongga qaytdi va „Buxoro“ jamoasi bilan shartnoam imzoladi. Shavkat 2016-yil va 2018-yilgi mavsumlarni „Buxoro“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. 2017-yilgi mavsumda „AGMK“ jamoasi tarkibida toʻp surdi. 2019-yil Bekobodning Metallurg jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibida toʻp surdi. 2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida toʻp surdi va shu yilning soʻnggida faoliyatiga yakunladi.

Murabbiylik faoliyati 2022-yildan Toshkentning Olimpiya jamoasida faoliyat olib bormoqda va 2023-yilda jamoa bosh murabbiyi hisoblanadi.

Terma jamoadagi faoliyati Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2010-yil 10-avgustda termasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Osiyo kuboklari final bosqichlari oʻyinlarida 2011-yili 3 ta oʻyinda maydonga tushib chorak final ishtirokchisi boʻlgan boʻlsa 2015-yilgi chempionatda 4 ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qildi.

Yutuqlari Al-Nassr tarkibida Shahzoda kubogi gʻolibi: 2012

Lokomotiv tarkibida Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2014 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014 Neftchi

Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021

Manbalar

Havolalar Shavkat Mullajonov Goal.com saytida Shavkat Mullajonov Soccerwy saytida Shavkat Mullajonov Footballfakts saytida Shavkat Mullajonov NFT saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli himoyachilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Al-Nassr FC futbolchilari Turkum:Al Ahli SC (Doha) futbolchilari Turkum:Liaoning F.C. futbolchilari Turkum:Al-Shaab CSC futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistonidagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Qatardagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Xitoydagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari