"Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi — Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida joylashgan.
Tarixi
"Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi 1981 yili Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani madaniyat boʻlimi qoshida tuzilgan. Sirk jamoasi Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori, 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofoti laureati, Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolibiFestival sirkovogo iskusstva, 2 marta ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlganKollektivu 30 let. Truppaning badiiy rahbari Darvishbek polvon Rahmonov Toʻlqin Obidovning 1979 yili nashr etilgan „Oʻzbek polvonlari“ kitobida maʼlumotlar va rasmi chiqqan. S.Gʻoyipova, Y.Tojiboyev, U.Mustafoning 2002 yilda nashr etilgan „Yangiyoʻlning yangi odimlari“ kitobida 68 betda, muqovada va boshqa betlarda „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasining va Darvishbek Rahmonovning oltita rangli fotosurʼatlari chiqqan. Bundan tashqari, „Qaldirgʻoch“ namunali sirk truppasi toʻgʻrisida yuzdan ortiq maqolalar gazeta va jurnallarda chiqqan, Oʻzbekiston televideniesi orqali oʻnlab telekoʻrsatuvlarda chiqishlari namoyish etilgan.
Shu davr mobaynida „Qaldirgʻoch“ koʻp marta chet ellarda ijodiy safarlarda boʻlgan. Toshkent shahrida oʻtkaziladigan har bir bayram tadbirlarida „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasi faol qatnashib keladi. Ustoz ishonchini oqlab Darvishbek polvon rahbarlik qilayotgan namunali sirk jamoasidan 34 yil ichida koʻplab shogirdlari, jonglyorlari, akrobatlari, ekvilibristlari, koʻz bogʻlovchilari, pantomimchilari, qiziqchi-masxarabozlari, dorbozlari va „Qaldirgʻoch“ sirk truppasining boshqa sobiq shogirdlari Toʻychi Tojiboyev (Toʻychi Xon), Zuhra Parpiyeva (Tojiboyeva), Azamat Mahkamov, Baxtiyor Tojiboyev, K.Jabborova, Anvar Satarov, Aleksandr Sorokin.hozirgi kunda xorijiy professional sirk maydonlarida oʻz sevgan sanʼatlarini namoyish etishmoqda. Darvishbek polvon hamisha izlanishda, yangi original postanovkalarni qoʻyadi. Dasturlarida koʻchirmachilik koʻrinmaydi, chiqishlari boshqa jamoalardan farq qiladi, ular ijro etgan tomoshalar boshqa guruhlarda qaytarilmaydi.
Truppaning badiiy rahbari Darvishbek Rahmonovning Oʻzbekiston Respublikasi sanʼati va madaniyati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 26 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan Darvishbek Rahmonov "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. „Tashkentskaya Pravda“ roʻznomasining 1 betida rasmi chiqan, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi Erkin Xalilov Darvishbek Rahmonovni Shuhrat medali bilan taqdirlamoqda.
Sirk sulolasi Ot oʻrnini toy bosar deganlariday Darvishbek Rahmonovning farzandlari Xurshid, Xulkaroy, Umidbek, Muxsinalar „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasining faol aʼzolari. Ular otasidan sirk sanʼati sirlarini oʻrganishib, bugungi kunda original sirk postanovkalarini qoʻyishmoqda. Oʻgʻli Umidbek yoshligidan sirkka qiziqib, besh yoshida jahonda eng yosh narvon ekvilibristi boʻlgan. U 6 yoshida respublika televizion tanlovining gʻolibi boʻlgan. Shuning uchun Rahmonovlar sirk sulolasidir.
Olgan mukofotlari va sovrinlari Shuhrat medali Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 26 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan. Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori. 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofoti laureati. Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolib, 2 marta ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan.
Adabiyotlar Toʻlqin Obidov „Oʻzbek polvonlari“ 1979 yil, Toshkent shahri, 37, 53 betlar. S.Gʻoyipova, I.Tojiboyev, U.Mustafo „Yangiyoʻlning yangi odimlari“ 2002 yil, Yangiyoʻl, muqovasi, 68 bet.
Manbalar
Havolalar Kollektivu 30 let Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan Ostonasi oltin deyman uyimni Na arene „Lastochka“ Festival sirkovogo iskusstva Festival kanatoxodsev i masterov sirka Qaldirgʻoch qanot yoymoqda Ix stsena — arena Chet elliklar hayratda Aktyorskaya dinastiya Oni stoyali u istokov Tsentraziya Personi Biografii znamenitostey Tuychi Xan — Tadjibayev Tuychibay Madaminovich Premera sirkovogo spektaklya „Zak-Li-Natel“ Bolshoy Moskovskiy sirk predstavil vostochnuyu skazku „Zak-Li-Natel“ Pro Zak-li-natelya. Retsenziya "Karnaval chudes" Tuychi-Xana Sirk sanʼati arbobi Darvishbek Rahmonovning surʼati 1 Sirk sanʼati arbobi Darvishbek Rahmonovning surʼati 2 Sirk sanʼati arbobi Darvishbek Rahmonovning surʼati 3 Video Tuychi Xan. Chudesa eskapizma Video "Tuychi Xan, nomer „Illyuzionnie shutki“ Video "Tuychi Xan v peredache „Istorii v detalyax“
Turkum:Sanʼatkorlar Turkum:Sanʼat Turkum:Sirk Turkum:Oʻzbekiston madaniyati Turkum:Ijod