Shuhrat Muhammadiyev 1989-yil 29-iyunda Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida tugʻilgan. Toshkentning Lokomotiv klubi hamda milliy terma jamoasi himoyachisi hisoblanadiItogi sezona 2014. Simvolicheskaya sbornaya 23 — chempionata Uzbekistana. — Uzbekskaya kuxnya — Blogi — Sports.ru.

Faoliyati Shuhrat Muhammadiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2007-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan, ushbu klub tarkibida chempionat davomida atigi 2ta oʻyinda maydonga tushadi.

2009-yili u Muborakning „Mashʼal“ klubiga oʻtadi. Ushbu klub tarkibida 4 mavsum oʻynab, jaʼmi 55 ta uchrashuvda maydonga tushadi, raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol qiladi. 2013-yilning fevralida u Qarshi klubi bilan yana shartnoma tuzadi va to bugungi qadar ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqtga qadar u „Nasaf“ tarkibida 41ta uchrashuvda toʻp surib kelmoqda va urgan gollari 3 ta. 2017-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi tarkibiga oʻtdi. „Temiryoʻlchilar“ safida 5 mavsum davomida ajralmas oʻyinchilardan biriga aylandi va klub bilan Oʻzbekiston musoboqalaridagi barcha turnirlarda gʻoliblikka erishdi. 2022-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma tuzdi. 2023-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klub taklifini qabul qildi va sobiq jamoasi tarkibiga qaytdi.

Terma jamoadagi faoliyati Terma jamoadagi ilk debyutini 2014-yili 27-mayda terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan.

2015-yili Avstraliyada boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida terma jamoa safida qatnashadi va usbu chempionatda 2 ta uchrashuvda maydonga tushadi.

Yutuqlari

Oʻzbekiston Superligasi oltin medali sohibi: 2017, 2018, 2024 Oʻzbekiston Superligasi kumush medali sohibi: 2019, 2023

Oʻzbekiston Superligasi bronza medali sohibi: 2013, 2014, 2015, 2016 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2015, 2017, 2023 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2013, 2016 Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: (5) 2016, 2019, 2023, 2024, 2025

Manbalar

Havolalar Shuhrat Muhammadiyev Milliy futbol terma jamoalar saytida Shuhrat Muhammadiyev Footballfactsru saytida Shuhrat Muhammadiyev Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli himoyachilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari