Gʻaniyev Elyor Majidovich (1960-yil 1-yanvar, Sirdaryo viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri (2020-2020), Savdo vaziri (1997-2005, 2006-2010, 2012-2017), Tashqi ishlar vaziri (2005-2006, 2010-2012), Bosh vazirining oʻrinbosari (2002-2006, 2009-2012, 2019-2020).
Biografiyasi 1960-yil 1-yanvarda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.
1981-yilda Toshkent politexnika institutining neft va gaz sanoati texnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1981-1985 — Toshkent politexnika instituti oʻqituvchisi.
1985-1990 — Qurolli Kuchlar xizmatida.
1990-1992 — Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari davlat qoʻmitasi katta referenti.
1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boshqarma boshligʻi.
1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi.
1994-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.
1997-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.
2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi.
2005-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.
2006-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2009-2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2010-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi ishlar vaziri.
2012-yil 13-yanvardan 2017-yil 28-noyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2017-yil 1-noyabrdan 2019-yil 28-yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari.
2019-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, innovatsiyalar, erkin iqtisodiy zonalar majmuasi rahbari etib tayinlandi.Elyor Gʻaniev bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga qaytdi
2020-yil 22-yanvardan 8-avgustgacha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri.https://m.kun.uz/news/2020/01/22/elyor-ganiyev-nomzodi-vazirlik-lavozimiga-korsatildi
2005-yildan 2018-yilgacha — Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi Prezidenti.https://m.kun.uz/news/2019/11/02/dilmurod-nabiyev-endi-ozbekiston-voleybol-federatsiyasini-ham-boshqaradi
Ingliz tilini biladi.
1996-yilda Doʻstlik ordeni berilganPF-1548-son 26.08.1996. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Oilasi Oilali, besh nafar farzandi borBiografiyasi.
Otasi — Majid Gʻaniyev, Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar