„Qavmiy Tarona“ (; „Davlat madhiyasi“) – Pokistonning davlat madhiyasi hisoblanadi. Madhiya soʻzlari Hofiz Jallundariy tomonidan 1954-yilda yozilgan. Madhiya musiqasi 1950-yilda Akbar Muhammad tomonidan bastalangan. Ushbu madhiya 1954-yilda rasman qabul qilingan.
Matn Urdu soʻzlaridaTranskripsiyasiOʻzbekcha tarjimasiپاک سرزمین شاد باد کشورِ حسین شاد باد تُو نشانِ عزمِ عالی شان ارضِ پاکستان! مرکزِ یقین شاد باد
پاک سرزمین کا نظام قُوَّتِ اُخوَّتِ عوام قوم، ملک، سلطنت پایندہ تابندہ باد! شاد باد منزلِ مراد
پرچمِ ستارہ و هلال رهبرِ ترقِّی و کمال ترجمانِ ماضی، شانِ حال جانِ استقبال! سایهی خدای ذوالجلالPok sarzamin shod bod Kishvari hasin shod bod Tu nishoni azmi olishon Arzi Pokiston! Markazi yaqin shod bod
Pok sarzamin ko nizom Quvvati uxuvvati avom Qavm, mulk, saltanat Poyanda tobanda bod! Shod bod manzili murod
Parchami sitora va hilol Rahbari taraqqi va kamol Tarjumoni moziy, shoni hol Joni istiqbol! Soyayi xudoyi zuljalol!Shod boʻl pok va muqaddas yer, Buyuk yurt shod boʻl. Sen oliydirsan, Pokiston yeri! Imon mash'ali shod boʻl.
Muqaddas yerning tartibi, Ulugʻ yer quvvati. Xalq, mulk, saltanat, Porla hamavaqt! Murodinga yetishda shodlan.
Yarim oy va yulduzli bayroq Taraqqiyot va kamol rahbari. Tarix va shon tarjimoni, Istiqbol kuchi! Ulugʻ Xudoning soyasi.
Havolalar Pokiston informatsiya vazirligi saytida Pokiston madhiyasi