Vikimaʼlumotlar (viki va maʼlumotlar soʻzlarining birikmasi) () — onlayn maʼlumotlar bazasi. Vikipediya singari Vikimaʼlumotlar ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan tuziladi. Loyihaning maqsadi Vikimedia loyihalarida ishlatish mumkin boʻlgan muayyan maʼlumot turlari (masalan, kishilarning tugʻilgan kunlari) uchun umumiy manba vazifasini oʻtashdir. Vikiombor barcha Vikimedia loyihalari uchun media fayllarni oʻzida toʻplaganidek, Vikimaʼlumotlar jamgʻarmaning barcha loyihasida ishlatish mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oʻzida jamlaydi. Vikimaʼlumotlar Wikibase dasturi yordamida ishlaydi.

Manbalar thumb|upright|Vikima'lumot

Havolalar

Rasmiy sayt Meta-vikida Vikimaʼlumotlar uchun bagʻishlangan sahifa

* Turkum:Koʻp tilli saytlar Turkum:MediaWiki vebsaytlari Turkum:Onlayn maʼlumot bazalari Turkum:Taʼlim saytlari Turkum:Vikimedia loyihalari