thumb|right|250px|Persepoldagi barelyef — zardushtiylik dini ramzi Navroʻz. Kun va tunning tenglashishi timsollari — abadiy kurashuvchi yer timsoli buqa va quyosh timsoli sher. Eroniy taqvim yoki Quyoshli hijra () — astronomik quyoshli taqvim (kalendar). Rasmiy taqvim sifatida Eron va Afgʻonistonda qoʻllanadi. Ushbu taqvim mashhur fors faylasufi, matematiki, astronomi va shoiri Umar Xayyom ishtirokida tuzilgan boʻlib, hozirgi vaqtga qadar bir necha marotaba aniqlashtirilgan. Taqvim hijradan yilboshi sifatida andoza olgan boʻlib, biroq klassik islomiy taqvimdan farqli oʻlaroq quyoshli (yoki tropik) yil bilan butunlay toʻgʻri keladi. Shu sababli eroniy taqvim oylari islomiy taqvimdan farqlanib, faqat yilning oʻsha-oʻsha oylariga toʻgʻri keladi. Eroniy taqvimning boshlanishi, kun va tunning tenglashishi kuni — yaʼni Navroʻz bayramidan (21-mart) boshlanadi.
Tarixi Qadimgi fors taqvimi Qadimiy forslar taqvimida, xuddi qadimgi hind taqvimi kabi oltita fasl mavjud boʻlib, har bir fasl qariyb ikki oyga toʻgʻri kelgan. Qadmigi forslar madaniyati Mesopotamiya madaniyati bilan kesishgan davrdan boshlab, ikki madaniyat taqvimi qariyb bir xil koʻrinishga kelgan. Ushbu taqvimda yil kun va tun birlashishi kunida boshlanib, 12 oydan iborat boʻlgan. Har bir oy 29 yoki 30 kunni tashkil etgan. Umumiy hisobda bir yil ushbu taqvimda 354 kundan iborat boʻlgan. Tropik yil bilan farq oʻrnini bosish uchun har olti yilda oʻn uchinchi oy qoʻshilganS. H. Taqizadeh: Old Iranian Calendars.
Zardushtiy taqvim
Avesta tilidagi yazata nomi Maʼnosi Oʻrtafors tilidagi nomi Zamonaviy fors tilidagi nomi Original Transkripsiya 1 Frawašinąm Fravashi (Ilk tanlov) Frawardīn فروردین Farvardīn 2 Ašahe Vahištahe Asha Vahishta(Eng yaxshi haqiqat) Ardwahišt اردیبهشت Ordībehešt 3 Haurvatātō Haurvatat (Yaxlitlik) Xordād خرداد Xordād 4 Tištryehe Tishtriya (Sirius yulduzi) Tīr تیر Tīr 5 Amərətatātō Ameretat (Oʻlmaslik) Amurdād مرداد Mordād 6 Xšaθrahe Wairyehe Xshatra Vairya(Xohish hukmdorligi) Šahrewar شهریور Šahrīvar 7 Miθrahe Mitra (Kelishuv) Mihr مهر Mehr 8 Apąm Apam (Suvlar) Ābān آبان Ābān 9 Āθrō Aur (Olov) Ādur آذر Āzar 10 Daθušō Dausho(Yarativchi, yaʼni Axura Mazda) Day دی Dey 11 Waŋhə̄uš Manaŋhō Voxu Mana(Yaxshi niyat) Wahman بهمن Bahman 12 Spəntayā̊ Ārmatōiš Spenta Armaiti(Muqaddaslik) Spandarmad اسفند Esfand
Jaloliy taqvimi Saljuqiylar sulolasidan (1038–1194) chiqqan va Jaloliddin Malikshoh I (1055-1092) nomi bilan mashhur podshoh. 1072–1092 yillari hukmronlik qilgan. Uning davrida Isfahondagi rasadxonada Umar Xayyom va zamonasining boshqa buyuk olimlari tomonidan tuzilgan taqvim. Ushbu taqvim Jaloliddin Malikshoh laqabiga atab, Jaloliy taqvimi deb yuritilgan.
Xoniy taqvimi
Oʻn ikki yilli hayvonot yillari XIII-asrda Yaqin Sharq Moʻgʻullar istilosi tufayli ularga boʻysundirilgan edi. Moʻgʻullarning ushbu istilosi natijasida ular tomonidan Yaqin Sharqqa qadimiy Xitoy madaniyatidagi oʻn ikki yillik hayvonot yillari kirib keldi. Ushbu taqvimdagi yillarda har bir yil muayyan hayvonga bagʻishlangan edi. Moʻgʻullar keltirgan yangilik Yaqin Sharqda darrov ommaboplikni qoʻlga kiritmadi, ammo keyinroq oʻsha yerdagi xalqlarning taqvimiga kirib bordi va ushbu taqvimlarning ajralmas qismiga aylandi. Aynan oʻsha paytlarda islomiy taqvimda ushbu oʻn ikki yillik hayvonot yillari kirib borishga ulgurgan edi.
Oʻn ikki yilni quyidagi oʻn ikki hayvon tasvirlar edi: sichqon, buqa, yoʻlbars, quyon, ajdar, ilon, ot, echki yoki qoʻy, maymun, xoʻroz, it, qobon (toʻngʻiz) yoki choʻchqa.
Zamonaviy taqvim XX-asr boshidagi islohotlar
Eronda Afgʻonistonda 1922-yilda Afgʻonistonda Erondagi islohotlar qabul qilinadi va ushbu taqmiv Afgʻoniston hududida rasmiy taqvim deb eʼlon qilinadi. Bundan oldin ushbu mamlakatda oyli hijriy taqvim ishlatilib kelinar edi. Oylar nomlari sifatida esa burjlar nomlari ishlatilgan. Yangi taqvimda oylar nomlari Afgʻonistonning ikki davlat tillaridan biri — dariy tilida xuddi Erondagi fors tilidagidek nomlanadi. Afgʻonistondagi yana bir davlat tili — pushtu tilida esa oylar nomlari fors tilidan oʻgirilgan.
Zamonaviy taqvim oylari nomlari Kunlar soni Erondagi fors tilida Kurd tilida Afgʻonistondagi dariy tilida Afgʻonistondagi pushtu tilida Grigorian taqvim bilan tutashishi(kabisa yillarisiz) XFA Original Oʻzbek tilida Lotin yozuvida Arab yozuvida XFA Original XFA Original 1 31 فروردین Forvardin Xakelêwe خاکەلێوە حمل ورى 21-mart — 20-aprel 2 31 اردیبهشت Ordibehesht Gullan (Banemer) گوڵان ثور غویى 21-aprel — 21-may 3 31 خرداد Hurdod Cozerdan جۆزەردان جوزا غبرګولى 22-may — 21-iyun 4 31 تیر Tir Pûşper پووشپەڕ سرطان چنګاښ 22-iyun — 22-iyul 5 31 مرداد Murdod Gelawêj گەلاوێژ اسد زمرى 23-iyul — 22-avgust 6 31 شهریور Shahrivor Xermanan خەرمانان سنبله وږى 23-avgust — 22-sentyabr 7 30 مهر Mehr Rezber ڕەزبەر میزان تله 23-sentyabr — 22-oktyabr 8 30 آبان Abon Xezellwer (Gelarêzan) گەڵاڕێزان عقرب لړم 23-oktyabr — 21-noyabr 9 30 آذر Azar Sermawez سەرماوەز قوس لیندۍ 22-noyabr — 21-dekabr 10 30 دی Dey Befranbar بەفرانبار جدی مرغومى 22-dekabr — 20-yanvar 11 30 بهمن Bahman Rêbendan ڕێبەندان دلو سلواغه 21-yanvar — 19-fevral 12 29/30 اسفند Esfand Reşeme ڕەشەمە حوت كب 20-fevral — 20-mart
Fasllar Eroniy taqvimda yil anʼanaviy toʻrt faslga boʻlinadi. Oʻz navbatida, har bir fasl uch oydan tashkil topadi. Bahor ( [bæhɒr], [psarʼlai]): farvardin (mart), ordibehesht (aprel), xordod (may); Yoz ( [tɒbestɒn], ['dobai]): tir (iyun), murdod (iyul), shahrivor (avgust); Kuz ( [pɒjiz], ['mənai]): mehr (sentyabr), abon (oktyabr), azor (noyabr); Qish ( [zemestɒn], ['ʒəmai]): dey (dekabr), bahman (yanvar), esfand (fevral).
Hafta kunlari Eroniy taqvimda hafta shanba kunida boshlanib juma kunida tugaydi. Juma rasmiy dam olish kuni deb eʼlon qilingan. Shanba — () Shanbe; Yakshanba — () Yakshambe; Dushaunba — () Dushanbe; Seshanba — () Seshanbe; Chorshanba — () Chorshanbe; Payshanba — () Panjshanbe; Juma — () Juma, baʼzida Odina (). Hafta kunlarining nomlanishi yakshanbadan boshlab to payshanbagacha shanba soʻziga qoʻshimcha son nomi (fors tilida) qoʻshiladi va shu tariqa ushbu kunlar nomlari kelib chiqadi. Masalan: yakshanba — «birshanba», dushanba — «ikkishanba», seshanba — «uchshanba». Juma kuni nomlanishi esa arab tilidan kelib chiqgan boʻlib — majlis (musulmonlardagi anʼanaviy juma namozi nazarda tutiladi) degan maʼnoni bildiradi.
Grigorian taqvim bilan tutashishi Yulduzcha bilan Navroʻzning 20-mart kuni kelishi koʻrsatilgan. Grigorian yil Eroniy taqvim va quyoshli hijra yili 1999—2000 1378 2000—2001 1379* 2001—2002 1380 2002—2003 1381 2003—2004 1382 2004—2005 1383* 2005—2006 1384 2006—2007 1385 2007—2008 1386 2008—2009 1387* 2009—2010 1388 2010—2011 1389 2011—2012 1390 2012—2013 1391* 2013—2014 1392 2014—2015 1393 2015—2016 1394 2016—2017 1395* 2017—2018 1396 2018—2019 1397 2019—2020 1398 2020—2021 1399* 2021—2022 1400
Manbalar
Havolalar
Turkum:Eron tarixi Turkum:Afgʻoniston Turkum:Eron milliy ramzlari Turkum:Taqvimlar Turkum:Eron madaniyati