Shamsiddinxon Boboxonov (1937—2003) – oʻzbek arabshunos olimi, filologiya fanlari doktori, diplomat, muallim, qori, diniy va jamoat arbobi, 1982—89-yillarda – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi va 5 ta Respublika muftiysi.

Tarjimai holi Shamsiddinxon Ziyovuddinxon oʻgʻli Boboxonov 1937-yili Toshkentning Hazrati Imom mavzeidagi Tikkoʻcha mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan.

Taʼlimi Ilk diniy taʼlimni bobosi muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxondan, otam muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxondan oʻrgangan, ilohiyot, fiqh, tasavvuf, mantiq va shu kabi ijtimoiy fanlardan saboq olgan. Ayni paytda 28-sonli oʻrta maktabda oʻqib, uni 1955-yili tugatgan. 1960-yili Toshkent chet tillar institutining ingliz tili fakultetini bitirgan, 1962—1966-yillar davomida Qohiradagi Al-Azhar dorilfununida oʻqigan. Keyin SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining aspiranturasida tahsil olgan, 1970-yili shu institutda arab tilida sonlar silsilasi mavzuida dissertatsiya himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.

Faoliyati 1966-yildan 1974-yilgacha Moskvadagi SSSR musulmonlari tashkilotlarining xalqaro aloqalar boʻlimida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1974-yildan 1982-yilgacha Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida rektor muovini va rektor boʻlib ishlagan, ruhoniy xodimlarning bilimdon boʻlishlariga katta hissa qoʻshgan. 1975—1982-yillarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisining oʻrinbosari boʻlgan 1982-yildan 1989-yilgacha – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi boʻlgan. 1985-yilda Qurʼonning keyingi nashrini nashr etish kengashiga boshchilik qildi. 1989-yilning fevralidan iyunigacha Moskvdagi SSSR musulmonlari tashkilotlari xalqaro aloqalar boʻlimining raisi vazifasida xizmat qilgan. 1989-yilning iyunidan boshlab Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining manbashunoslik boʻlimida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Institutda 40 mingdan ortiq qoʻlyozma asar saqlanadi. Arab tilidagi qoʻlyozmalarni tavsiflab, fiklist (katalog) tayyorlashda qatnashgan. Shu bilan birga 1974-yili Imom al-Buxoriyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan – Islomning odob-axloq bobidagi qarashlariga doir ilmiy ishini yoqlagan. 1991—1994-yillarda – Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida boʻlim mudiri. 1994—2001-yillarda – Oʻzbekistonning Eron, Iroq va Misr davlatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi. 2001-yilda Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasini olgan. 2001—2003-yillarda – Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlgan .

Xalqaro islom olamida Makkai mukarramadagi Masjidlar bo‘yicha Jahon Oliy kengashi Misrdagi Jahon Oliy Islom kengashi Pokistondagi Islom Olami kongressi Iordaniya qirollik akademiyasi Xelsinkidagi Jahon tinchlik Kengashi kabi qator xorijiy tashkilotlar aʼzosi Sobiq Ittifoq va Oʻzbekiston miqyosidagi oʻndan ziyod jamoat tashkilotlari aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan. Chet el va Sobiq Ittifoqda oʻtadigan turli anjumanlarda faol qatnashgan.

Vafoti 2003-yil 15-aprelda vafot etgan. Toshkentdagi Gʻoyib ota qabristonidagi oilaviy sagʻanasiga dafn etilgan.

Manbalar

Turkum:Toshkentda dafn etilganlar Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbek imomlari Turkum:Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi muftiylari Turkum:Oʻzbekistonning Misrdagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Iroqdagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Erondagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchilari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Filologiya fanlari doktorlari

Turkum:Islom tashkilotlari a'zolari