thumb|338x338px|Insoniyat tarixidagi birinchi milliarder John Rockefeller hisoblanadi Forbes milliarderlar roʻyxati — Forbes jurnali tomonidan 1987-yildan beri har yili mart oyida eʼlon qilinadigan eng badavlat kishilar roʻyxati hisoblanadi.
Har yili 1 milliard AQSh dollari va undan ortiq sof boylikka ega boʻlgan odamlarning yillik roʻyxati chiqariladi. Roʻyxat birinchi marta 1987-yil mart oyida chop etilgan. Roʻyxatdagi har bir shaxsning umumiy sof boyligi ularning hujjatlashtirilgan aktivlari, qarz va boshqa omillarni hisobga olgan holda hisoblab chiqilgan, AQSh dollarida keltirilgan. Bu roʻyxatlarga qirollik oilasi vakillari va diktatorlar kiritilmaydi.
2018-yilda Amazon asoschisi Jeff Bezos Microsoft asoschisi Bill Gatesni ortda qoldirib, birinchi marta yuqori oʻrinni egalladi va yuz milliard dollarlik boylikka ega ilk shaxs boʻldi. 2022-yilda Elon Musk roʻyxatda yetakchi boʻldi. 2023-yilda fransuz tadbirkori Bernard Arnault roʻyxatda birinchi oʻrinni egalladi va oʻz navbatida birinchi oʻrinni egallagan ilk fransuz boʻldi.
Baholash usuli Har yili Forbes dunyoning eng boy odamlari va guruhlari yoki oilalarning faoliyatini kuzatish uchun butun dunyodan 50 dan ortiq muxbirlardan iborat jamoani yollaydi. Dastlabki soʻrovnomalar roʻyxatga kiritilishi mumkin boʻlgan shaxslarga yuboriladi. Forbes maʼlumotlariga koʻra, ular uch xil javob oladi: baʼzi odamlar oʻz boyliklarini koʻpaytirib koʻrsatishga harakat qiladi, boshqalar hamkorlik qilib, bor maʼlumotni beradi, baʼzilari esa har qanday savollarga javob berishdan bosh tortadi. Keyingi bosqichda biznes operatsiyalari tekshiriladi va qimmatbaho aktivlar baholanadi — yer, uylar, transport vositalari, sanʼat asarlari va boshqalar. Pullarni tekshirish va shaxsning mol-mulkini baholashni yaxshilash uchun suhbatlar oʻtkaziladi. Nihoyat, ommaviy sotiladigan aksiyalardagi pozitsiyalar eʼlon qilinishidan taxminan bir oy oldin bozor narxida baholanadi. Xususiy kompaniyalar narxlari hukmron boʻlgan narx-sotish yoki narx-daromad nisbati asosida belgilanadi. Maʼlum boʻlgan qarz, shaxsning AQSh dollaridagi taxminiy qiymatining yakuniy bahosini chiqarish uchun aktivlardan chegirib tashlanadi. Qimmatli qogʻozlar narxi tez oʻzgarib turishi sababli, insonning haqiqiy boyligi va eʼlon qilingan vaqtidagi reytingi roʻyxat tuzilgan paytdagi mavqeidan farq qilishi mumkin.
Tirik shaxs oʻz boyligini bevosita oila aʼzolariga taqsimlaganda, u shaxs (beruvchi) tirik boʻlishi sharti bilan yagona roʻyxatga kiritiladi (yagona „oilaviy mulk“ egasi sifatida). Biroq, agar vafot etgan milliarderning boyligi tarqatilgan boʻlsa, har bir ulush oluvchi faqat uning boyligi 1 milliard dollardan oshsa, roʻyxatda paydo boʻladi (uning boyligi oila aʼzolariniki bilan birlashtirilmaydi). Boyligi oʻz mamlakatidagi qirol oilalari va diktatorlar mavqeiga bogʻliq boʻlganlar roʻyxatga kiritilmaydiFortunes Of Kings, Queens And Dictators Forbes, 5 May 2006.
Yillik reyting Roʻyxat har yili mart oyida eʼlon qilinadi. Milliarderning boylik qiymati oʻsha paytda qayd etilgandir. Ushbu roʻyxatlar har yili faqat eng boy 10 milliarderni koʻrsatadi.
Shartli belgilar BelgiTavsifAvvalgi reytingdan oʻzgarmagan.Avvalgi reytingdan yuqorilagan.Avvalgi reytingdan pastlashgan. 2026
Forbes jurnali dunyo milliarderlarining 40-yillik roʻyxatida rekord darajadagi — 3428 milliarder borligi aniqlandi, ularning umumiy boyligi 20,1 trillion dollarni tashkil etdi. Bu 2025-yilga nisbatan 309 kishiga va 4 trillion dollarga koʻp deganidir. Nvidia bosh direktori va asoschisi Jensen Huang birinchi marta kuchli oʻntalikka kirdi. # Ismi Boyligi (USD) Yoshi Fuqaroligi Boylik manbasi $839 milliard 54Tesla va SpaceX $269 milliard 52 Google $237 milliard 52 Google $259 milliard 62Amazon $252 milliard 41Meta Platforms $198 milliard 81 Oracle Corporation & oilasi$174 milliard 77LVMH $154 milliard 63Nvidia $149 milliard 95Berkshire Hathaway $148 milliard 89Inditex 2025 thumb|254x254px|Steve Ballmer Forbes jurnali dunyo milliarderlarining 39-yillik roʻyxatida sof boyligi jami 16,1 trillion dollarga teng boʻlgan 3028 nafar milliarder aniqlandi. Bu 2024-yilga nisbatan 247 taga koʻp va umumiy boylik miqdori 1,9 trillion dollarga koʻp demakdir. Bill Gates bu yil birinchi marta eng boy odamlar oʻntaligidan tushib ketdi. U 1992-yildan buyon, 33 yil davomida ushbu oʻntalikda boʻlib kelgandi. T/rIsmiBoyligi (AQSh dollarida)YoshiFuqaroligiBoylik manbasi $342 milliard 53Tesla, SpaceX $216 milliard 40Meta Platforms $215 milliard 61Amazon $192 milliard 80Oracle Corporation va oilasi$178 milliard 76LVMH $154 milliard 94Berkshire Hathaway $144 milliard 52Google $138 milliard 51Google $124 milliard 89Inditex, Zara $118 milliard 69Microsoft
2024 thumb|246x246px|Bernard Arnault Forbes dunyo milliarderlarining 38-yillik roʻyxatida umumiy boyligi 14,2 trillion dollarni tashkil etgan 2781 milliarder qayd etildi. Bu 2023-yilga nisbatan 141 kishiga va 2 trillion dollarga koʻpdir. Roʻyxatdagi eng yuqori daromad boʻyicha oldingi rekord yangilandi va 2022-yilda oʻrnatilgan 900 milliard dollarlik rekord ortda qoldi. Roʻyxatdagilarining uchdan ikki qismi avvalgisiga nisbatan boyroq. Jumladan, Mark Zuckerbergning boyligi 112,6 milliard dollarga yetdi. T/r Ismi Boyligi (USD) Yoshi Fuqaroligi Boylik manbasi va oilasi$233 milliard 75LVMH $195 milliard 52Tesla, SpaceX, Twitter (hozirgi X) $194 milliard 60Amazon $177 milliard 39Meta Platforms $141 milliard 79 Oracle Corporation $133 milliard 93Berkshire Hathaway $128 milliard 68Microsoft $121 milliard 68 Microsoft $116 milliard65 Reliance Industries $114 milliard 51 Google
2023 thumb|275x275px|Elon Musk Forbes jurnalining 37-yillik milliarderlar roʻyxatiga umumiy boyligi 12,2 trillion dollarni tashkil etgan 2640 milliarder kirdi, bu 2022-yilga nisbatan 28 kishiga va 500 milliard dollarga kamroq. Roʻyxatning deyarli yarmi oʻtgan yilga qaraganda qashshoqroq. Elon Musk 1-oʻrindan 2-oʻringa tushib ketdi. Roʻyxatda, xuddi 2022-yildagidek, 30 yoshdan kichik boʻlgan 15 nafar milliarder bor, ularning eng boylari Red Bull merosxoʻri Mark Mateschitz boʻlib, boyligi 34,7 milliard dollarni tashkil etadi. Eng kichigi Clemente Del Vecchio va Yaponiya-Janubiy Koreya oʻyin giganti Nexon shirkati egasi Kim Jung-yang edi. # Ismi Boyligi (milliard USD) Yoshi Fuqaroligi Boylik manbasi $211 milliard 74LVMH $180 milliard 51Tesla, SpaceX, Twitter $114 milliard 59Amazon $107 milliard 78 Oracle $106 milliard 92Berkshire Hathaway $104 milliard 67Microsoft $94.5 milliard 81 Bloomberg L.P. $93 milliard 83 Telmex, América Móvil, Grupo Carso $83.4 milliard 65 Reliance Industries $80.7 milliard 67 Microsoft
2022 thumb|260x260px|Jeff Bezos Forbes jurnali dunyo milliarderlarining 36-yillik roʻyxatiga umumiy boyligi 12,7 trillion dollarni tashkil etgan 2668 nafar milliarderni kiritgan. Milliarderlar 2021-yilga nisbatan 97 kishiga kamaygan. # Ismi Boyligi (milliard USD) Yoshi Fuqaroligi Boylik manbasi $219 milliard 50Tesla, SpaceX $177 milliard 58Amazon va oilasi$158 milliard 73LVMH $129 milliard 66Microsoft $118 milliard 91Berkshire Hathaway $111 milliard 49 Alphabet Inc. $107 milliard 48 Alphabet Inc. $106 milliard 77 Oracle Corporation $91.4 milliard 66 Microsoft $90.7 milliard64 Reliance Industries
2021 thumb|217x217px|Bill Gates Forbes jurnali 35-yillik milliarderlar roʻyxatiga umumiy boyligi 13,1 trillion dollarni tashkil etgan 2755 milliarderni kiritdi. Bu raqam 2020-yilga nisbatan 660 nafarga koʻp. Ushbu milliarderlarning 86 foizi oʻtgan yilgidan koʻproq boylikka ega. # Ismi Boyligi Yoshi Fuqaroligi Boylik manbasi $177 milliard 57Amazon $151 milliard 50Tesla (kompaniya), SpaceX $150 milliard 72LVMH $124 milliard 65 Microsoft $97 milliard 36 Facebook $96 milliard 90 Berkshire Hathaway $93 milliard 76 Oracle Corporation $91.5 milliard 48 Alphabet $89 milliard 47 Alphabet $84.5 milliard 63 Reliance Industries
2020 thumb|191x191px|Mark Zuckerberg Forbes dunyo milliarderlarining 34-yillik roʻyxatida umumiy boyligi 8 trillion dollarni tashkil etgan 2095 milliarder bor. Bu 2019-yilgiga nisbatan 58 nafarga va 700 milliard dollarga kamdir. Ushbu milliarderlarning 51 foizi oʻtgan yilgidan kamroq boylikka ega edi. Roʻyxat 18-mart holatiga koʻra tuzildi, unga qisman COVID-19 pandemiyasi oqibatidagi inqiroz taʼsir koʻrsatgan. # Ismi Boyligi (dollar) Yoshi Fuqaroligi Boylik manbasi $113 milliard 56Amazon $98 milliard 64Microsoft $76 milliard 71LVMH $67.5 milliard 89Berkshire Hathaway $59 milliard 75Oracle $55.1 milliard 84Inditex, Zara $54.7 milliard 35Facebook $54.6 milliard 71Walmart $54.4 milliard 70 Walmart S. Robson Walton$54.1 milliard 77 Walmart
2019 thumb|245x245px|Carlos Slim Forbes jurnalining 33-yillik milliarderlar roʻyxatida umumiy boyligi 8,7 trillion dollarni tashkil etgan 2153 milliarder bor. Bu 2018-yilga nisbatan 55 nafarga va 400 milliard dollarga kam. AQSH dunyodagi eng koʻp milliarderlarga ega boʻlishda davom etdi, bu rekord darajadagi 609tani tashkil etdi, Xitoyda esa ularning soni 324taga (Gonkong, Makao va Tayvanni hisobga olmaganda) tushdi. # Ismi Boyligi (milliard AQSh dollarida) Yoshi Fuqaroligi Boylik manbasi $13155Amazon $96.563Microsoft $82.588Berkshire Hathaway $7670LVMH $6479América Móvil, Grupo Carso $62.782Inditex, Zara $62.574Oracle Corporation $62.334Facebook $55.577Bloomberg L.P. $50.845Alphabet Inc.
2018 thumb|217x217px|Warren Buffett Forbes jurnalining 32-yillik milliarderlar roʻyxatida Yer yuzidagi eng boy 20 kishining umumiy boyligi barcha milliarderlar boyligining 13 foizini tashkil qilgan. Reytingda rekord darajadagi 2208 milliarder bor edi va umumiy boylik 9,1 trillion dollarni tashkil etdi. Bu 2017-yildan buyon 18 foizga koʻpdir. Forbes 1987-yilda kuzata boshlaganidan beri bir kishining bir yillik eng katta boyligini (35 milliard dollar) orttirgan Amazon aksiyalari narxining koʻtarilishi tufayli Jeff Bezos birinchi marta milliarderlar roʻyxati kuchli oʻnligiga kirdi. AQShda dunyodagi eng koʻp milliarderlar boʻlib, bu mamlakatda 585 nafar, Xitoyda esa Gonkong, Aomin va Tayvanni hisobga olgan holda 476 nafar milliarder boʻldi. Forbes 2017-2019-yillarda Saudiya Arabistonida oʻtkazilgan tozalash boylik toʻgʻrisida aniq hisob-kitoblar yoʻqligi sababli Al-Valid bin Talal va boshqa barcha saudiyalik milliarderlarni kiritmadi. # Ismi Boyligi (dollar) Yoshi Fuqaroligi Manbasi $112.0 milliard 54Amazon $90.0 milliard 62Microsoft $84.0 milliard 87Berkshire Hathaway $72.0 milliard 69LVMH $71.0 milliard 33Facebook $70.0 milliard 81Inditex, Zara $67.1 milliard 78América Móvil, Grupo Carso $60.0 milliard 82Koch Industries $60.0 milliard 77Koch Industries $58.5 milliard 73Oracle Corporation
2017 thumb|184x184px|Larry Ellison Forbes dunyo milliarderlari roʻyxatining 30 yilligi munosabati bilan Bill Gates qatorasiga toʻrtinchi yil dunyoning eng boy odami deb topildi. 2017-yilda roʻyxatda 2043 kishi qayd etilgan boʻlib, birinchi marta 2000 dan ortiq kishi roʻyxatga kirgan. Bunga 195 nafar yangi kiritilganlar kiradi, ulardan 76 nafari Xitoydan, 25 nafari AQShdan; 40 yoshgacha boʻlgan 56 kishi boʻlib, unda 227 ayol qayd etilgan. Milliarderlar soni 2016-yildagi 1810 nafardan 13 foizga oshib, 2043 nafarga yetdi. Bu global miqyosda milliarderlarni kuzatish boʻyicha 30 yildan ortiq vaqt ichida eng katta oʻzgarish boʻldi. 2017-yilda milliarderlarning umumiy boyligi 7.67trillion dollarni tashkil etdi. Bu yildan keyin birinchi marta Carlos Slim kuchli beshlikka kirmagandi. AQShda dunyodagi eng koʻp milliarder boʻlib, 565 kishi qayd etilgan. Xitoyda 319 ta (Gongkong, Tayvan yoki Makaoni hisobga olmaganda), Germaniyada 114 ta, Hindistonda esa 101 ta milliarder qayd etildi. Hindiston birinchi marta 100 dan ortiq milliarderga erishdi.