Ulugʻbek Abdulaxadovich Soliboyev (1969-yil 4-avgust OʻzSSR Toshkent viloyati Chinoz tumani Paxta qishlogʻida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik jamoat arbobi, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati elektr xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, bosh revizori.
Tarjimai holi Ulugʻbek Soliboyev 1969-yil 4-avgustda Chinoz tumani Paxta qishlogʻida tugʻilgan.
1991-yil Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini muhandis-temiryoʻlchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2011-yili „Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi“ koʻkrak nishoni (Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti 2011-yil 17-maydagi Farmoni bilan taʼsis etilgan) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston temir yoʻllari tizimi boʻyicha faqat toʻrtta xodimgina ushbu nishon bilan taqdirlangan.
Oilasi Otasi – Toʻxtasinboy (Abdulaxad) Soliboyev (1942-yil 24-may – 2008-yil) Paxta temir yoʻl bekatida elektromexanik boʻlib ishlagan. Onasi – Diloromxon Rahmonova (1943-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) – Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Paxta qishlogʻi 27-sonli Tursunoy Oxunova nomli maktabda direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan, hozir nafaqada. Turmush oʻrtogi – Raʼno (1973-yil 23-yanvarda tugʻilgan). 3 ta oʻgʻli bor: Behzod (1993-yil 19-oktyabrda tugʻilgan), Farhod (1995-yil 21-oktyabrda tugʻilgan), Sherzod (1997-yil 29-mayda tugʻilgan).
Mukofotlari 35px „Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi“ koʻkrak nishoni (Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti 2011-yil 17-maydagi Farmoni bilan taʼsis etilgan) (2011). Koʻplab fahriy yorliqlar
Manbalar
Havolalar Сentrasia
Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Oʻzbeklar