Janubiy Xuroson () — Eron ustonlaridan biri. Eronning sharqiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Birjand shahri. Boshqa yirik shaharlari: Qoyin, Firdavs. Aholisi soni — 662 mingdan ziyod.

Shahristonlari

Janubiy Xuroson ustoni 11 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan: Birjand Bushroʻyi Qoyin Darmiyon Nahbandon Saroyon Sarbisha Firdavs Tabas Zirkoʻh Xusf

Aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Janubiy Xuroson ustonida 662 534 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini forslar tashkil etadi. Ustonda shuningdek juda koʻp balujlar, pushtunlar va tojiklar istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (asosiy qismi shia mazhabiga, bir qismi esa sunniy mazhabiga aloqador). Uston rasmiy tili — forscha.

Manbalar

Iran Provinces

Turkum:Eron ustonlari