„Asotirlar va rivoyatlar“ — oʻzbek xalq asotirlari va rivoyatlari toʻplami. Toʻplamni professor Malik Murodov hamda Muharram Shayxova tuzgan va nashrga tayyorlagan. Kitob 1990-yil chop etilgan. „Asotirlar va rivoyatlar“ oʻzbekcha asotirlar bilan rivoyatlarni oʻziga jamlagan ilk alohida asar boʻlib, oʻzbek folkloriga bagʻishlangan asarlarda keng qoʻllanadi. Toʻplam „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan boʻlib, bolalar orasida xalq ijodiga qiziqishni kuchaytirishni koʻzlagan.

Toʻplamga kiritilgan asotirlar va rivoyatlar M. Rizayev, Tojixon opa, U. Hasanov, M. Ziyodulla oʻgʻli, B. Xudoybergan qizi, M. Olloberganov, Qodir baxshi, Eshmurod baxshi, X. Umarov, Ahamadali ota, N. Qurbonnazarov, S. Qoraboyev, A. Saparov, I. Qodirov, A. Ahmedov, Q. Ahmad oʻgʻli, Bozorboy, N. Saidmurod Panoh oʻgʻli, T. Boboxonov, Yusuf baxshi, N. Abdullayev, A. Rahimov, Y. Zokirova, A. Haqqul oʻgʻli, B. Ziyodov, T. Boboxonov, A. Karimovlar tomonidan aytilib, Malik Murodov tomonidan yozib olingan. Ayrim asotir va rivoyatlar K. Imomov, Maqsud Shayxzoda. S. Tolstovning kitoblari va „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“dan, ayrimlari esa B. Murodov va S. Umarov toʻplagan materiallardan olingan.

Manbalar

Havolalar „Asotirlar va rivoyatlar“ Ziyouz saytida

Turkum:Rivoyat kitoblar Turkum:Oʻzbek xalq ijodi