„Ovsar Wilson“ () () — amerikalik yozuvchi Mark Twain qalamiga mansub roman. Ilk bor 1893-94-yillada „The Century Magazine“ jurnalida chop etilgan. Kitob oʻlaroq 1894-yil nashr qilingan. Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Syujeti Missuri shtatining Dawsonʼs Landing shaharchasining oʻzbilarmon va egoist turgʻuni Tom Driscoll () boy amakisini oʻldiradi. Hamma qotillikda italiyalik aka-uka Capellolardan () gumonsiraydi.
Shaharga koʻchib kelgan David Wilson () barmoq izlarini oʻrganishga qiziqadi. Oʻsha paytda jinoyatlarni barmoq izlari yordamida yechish keng tarqalmagan boʻladi. Shuning uchun ham shahar aholisi Vilson vaqtini behuda narsaga sarflaydi, deb unga „ovsar“ laqabini berishadi.
Sudda Vilson barmoq izlari yordamida qotillikni Tom amalga oshirganini dalillab beradi. Bundan tashqari, Vilson Tom goʻdakligida almashib qolganini va Driscoll oilasining haqiqiy merosxoʻri emasligini koʻrsatib beradi.
Romanda Missuridagi irqchilik tasvirlangan. Hatto qonida ozgina qora tanlilar qoni boʻlganlar ham tahqirlanadi. Bunga hamma, hatto qaysidir maʼnoda qora tanlilarning oʻzlari ham oddiy qaraydi.
Qahramonlari Roxy () – qul qiz Thomas „Tom“ Driscoll () – Percy Driscollning oʻgʻli; goʻdakligida Roxining bolasi Chambers () bilan almashib qoladi Chambers () – Roxyning bolasi Aka-uka Capellolar () – bir-birga juda oʻxshash italiyalik egizaklar David "Pudd'nhead" Wilson () – huquqshunos
Oʻzbekcha tarjimasi Asarni oʻzbek tiliga „Pravda“ nashriyoti 1980-yil chop etgan ruscha nashridan Shoir Usmonhoʻjayev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1986-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.
Havolalar Ovsar Wilson Project Gutenberg saytida Ovsar Wilson Lib.ru saytida
Turkum:Romanlar