„Ustasi farang“ — turk yozuvchisi Oʻrxon Kamol qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Toʻplamga muallifning 21 hikoyasi kiritilgan. Hikoyalarning aksari Kamolning „Birodarlik ulushi“ () toʻplamidan olingan. Hikoyalarni rus tilidan oʻzbek tiliga Ahmad Qurbonbekov tarjima qilgan. Toʻplamga kiritilgan hikoyalar Kamolning boshqa ishlari kabi sotsialistik realizm janrida yozilgan.

Hikoyalar +HikoyaRuscha nomiOriginal turkcha nomi1TelefonТелефонTelefon2FarroshМусорщикÇöpçü3Birodarlik ulushiБратская доляKardeş Payı4DalilДоводDelil5Boshliqlar va xodimlarНачальники и подчиненныеAmir-Memur6Oʻn liraДесять лирOn Beş Kuruş (On Lira)7Arzlar eshitiladigan kunДень выслушивания жалобDert Dinleme Günü8Ish tashlashЗабастовкаGrev9Ustasi farangДеловой человекİşadamı10Koʻcha kotibiУличный писарьİstidacı11QuvonchРадостьSevinç12Qasoskor sehrgarМстительная волшебницаHamam Anası13Boshi berk koʻchaГлухой переулокArka Sokak14Bir liraОдна лираBir Lira15Non, sovun va muhabbatХлеб, мыло и любовьEkmek, Sabun ve Aşk16Badaxloq xotinДурная женщинаKötü Kadın17HadikСтрахKorku18MarhumaПокойницаBir Ölüye Dair19KaterdaНа катереMotorda20Shuhut va uning xotiniШухут и его женаÇamaşırcının Kızı21UyquСонUyku

Oʻzbekcha tarjimasi „Ustasi farang“ni oʻzbek tiliga 1967-yil „Nauka“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Ahmad Qurbonbekov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1972-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.

Manbalar

Turkum:Hikoya kitoblar